Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida 2025-yilga moʻljallangan Davlat dasturi loyihasi boʻyicha jamoatchilik muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda Akademiya rahbariyati, harbiy xizmatchilari va kursantlari uchun “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Avazbek Xolbekov tomonidan Davlat dasturi loyihasi taqdimoti oʻtkazildi.
Taʼkidlandiki, bu yil Davlat dasturi loyihasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari kesimida 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati va maqsadli koʻrsatkichlar nazarda tutilmoqda.
Loyihada ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yoʻnalishlarida joriy yilga moʻljallangan keng koʻlamli islohotlar koʻzda tutilgan boʻlib, atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalariga asosiy eʼtibor qaratilgan.
Jumladan, Markaz boʻlim boshligʻi Avazbek Xolbekov oʻz taqdimotida Davlat dasturi loyihasining Favqulodda vaziyatlar va global iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish maqsadi boʻyicha taklif etilayotgan choralarga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Hujjat loyihasida respublika aholisining barcha qatlamlarini shahar va tumanlar hamda mahallalar kesimida – zilziladan oldin, zilzila paytida hamda zilziladan soʻng harakat qilish qoidalariga oʻrgatish koʻrsatkichini 50% ga yetkazish, potensial xavfli obyektlarga xizmat koʻrsatuvchi FVV yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, Toshkent, Namangan, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Xorazm viloyatlari hududida baland qavatli binolar va inshootlarga videokuzatuv qurilmalarini oʻrnatish orqali atrof-muhitni kuzatish va yongʻinlarni barvaqt aniqlash tizimini joriy etish, hududlarning aholi koʻp yigʻiladigan joylari (aeroport, vokzal, bozorlar, yirik savdo va yopiq turdagi koʻngilochar markazlar) bino va inshootlarida yuzaga kelgan yongʻinlardan xabarlovchi signalizatsiya tizimini FVV hududiy quyi yongʻin-qutqaruv qismlarining yagona dispetcherlik xizmatiga ulash maqsad qilinmoqda.
Jamoatchilik muhokamasida ishtirokchilar Davlat dasturi loyihasi boʻyicha oʻz tashabbus va takliflarini bildirib oʻtishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati