Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Rahbar ayollar maktabi” 4-mavsumi doirasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ishtirokida mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida rahbar ayollar uchun “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi hamda 2025-yilgi Davlat dasturi taqdimoti oʻtkazildi.
Dastlab, tinglovchilarga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari, maqsad va vazifalarining mazmun-mohiyati yetkazildi.
Taʼkidlandiki, Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlarida har bir insonning oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun munosib sharoitlar yaratish, sogʻlom va bilimli avlodni tarbiyalash, kuchli iqtisodiyotni shakllantirish hamda adolat, qonun ustuvorligi va xavfsizlikni kafolatlash maqsadlari aks etgan. Asosiy vazifa mamlakat taraqqiyoti va amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.
Jumladan, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini, xususan, gender tenglikni taʼminlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada ragʻbatlantirish orqali boshqaruv lavozimlaridagi ayollar ulushini 30 foizga oshirish kabi maqsad va vazifalar belgilangan.
Shuningdek, Markaz rahbari ishtirokchilarga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berdi.
Taʼkidlandiki, bu yil Davlat dasturida ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yoʻnalishlarida joriy yilga moʻljallangan islohotlar koʻzda tutilgan boʻlib, atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalariga asosiy eʼtibor qaratilgan.
Tadbir yakunida tinglovchilar Strategiya va Davlat dasturiga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va mazkur jarayonda xotin-qizlarning ishtiroki boʻyicha fikr-mulohazalarini bildirishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
axborot xizmati