Qozogʻistonning Olmaota shahrida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan Shimoliy va Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish uchun savdo va savdoni soddalashtirishning transformatsiya salohiyatidan foydalanish boʻyicha ekspertlar guruhi yigʻilishi tashkil etildi.
Xalqaro konferensiya shaklida oʻtgan tadbirda ESCAPga aʼzo davlatlarning rasmiy vakillari, yetakchi tahlil markazlari ekspertlari hamda tadqiqotchilar qatnashdi.
Xalqaro tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Farrux Xakimov Oʻzbekistonning qoʻshni Markaziy Osiyo davlatlari bilan oʻzaro savdoni raqamlashtirish boʻyicha erishgan ijobiy natijalari hamda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda savdoni soddalashtirish va ragʻbatlantirish imkoniyatlari mavzusida taqdimot qildi.
Taqdimotda mamlakatimizda savdoni raqamlashtirish va soddalashtirish, shuningdek axborot texnologiyalari sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda erishilayotgan muvaffaqiyatlar haqida maʼlumot berildi. Xususan, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida tegishli chora-tadbirlar samarali yoʻlga qoʻyilganligi, natijada barcha yoʻnalishlarda raqamlashtirish yangi bosqichga chiqqanligi taʼkidlandi. Shuningdek, taqdimotda Oʻzbekistonda transchegaraviy savdoni raqamlashtirish boʻyicha amalga oshirilgan islohotlarning xalqaro darajada eʼtirof etilayotganligi qayd etildi. Jumladan, BMTning raqamli va barqaror savdoni ragʻbatlantirish boʻyicha soʻnggi hisobotida Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchi davlat sifatida baholanganligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, ekspertlar guruhi yigʻilishida Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan doʻstona va oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlari natijasida mintaqada siyosiy muloqot va ishonch mustahkamlangani, oʻzaro savdo hajmi esa sezilarli darajada oshgani taʼkidlandi. Shu bilan birga, ekspertlar tomonidan mintaqaviy savdoni jadallashtirish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati