2025-yilning 21-22-aprel kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi mamlakatlari tahlil markazlarining birinchi forumi boʻlib oʻtdi. Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti va “Bourse & Bazaar” tadqiqot fondi hamkorligida tashkil etilgan ushbu forumda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov hamda Markaz ekspertlari ishtirok etdi.
Tadbirda ishtirokchilar tomonidan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish hamda mintaqalararo muloqotni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Sessiya muhokamalarida E.Tulyakov asosiy eʼtiborni Oʻzbekiston Koʻrfaz arab davlatlari bilan ikki va koʻp tomonlama hamkorlik dinamikasini izchil oshirib borayotganligiga qaratdi. Taʼkidlandiki, mazkur hamkorlik dinamikasi, avvalo, oliy darajadagi sammitlar hamda tashqi ishlar vazirlari darajasidagi siyosiy muloqotning faollashuvi orqali taʼminlanmoqda.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyo va Koʻrfaz arab davlatlari oʻrtasida oʻzaro savdo hajmining barqaror oʻsishi, energetika, oziq-ovqat, sanoat, transport va boshqa sohalardagi yetakchi kompaniyalar tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyalarning ortishi, ayniqsa, “yashil energetika” va boshqa yoʻnalishlarda, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikning kuchayishi hududlar oʻrtasidagi ikki tomonlama sheriklikni yanada chuqurlashtirish uchun mustahkam asos yaratmoqda.
Shuningdek, forum doirasida akademik almashinuvlar, yoshlar dasturlari, turizm va fuqarolik jamiyati tashabbuslari, xususan, qoʻshma taʼlim dasturlarini yaratish, yoshlar forumlari va madaniy festivallarini oʻtkazish hamda mintaqalararo gumanitar aloqalar sohasida faoliyat yuritadigan nohukumat tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlari muhokama qilindi.
Sessiyalar yakunida ikki mintaqa oʻrtasidagi institutlashtirilgan hamkorlikni chuqurlashtirish yoʻllarini koʻrib chiqildi. 2023-yilda Jidda shahrida boshlangan “Markaziy Osiyo – Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatining 2025-yilda Samarqandda davom ettirilishi alohida taʼkidlanib, ushbu format doirasida muntazam ravishda ekspert uchrashuvlarini ham oʻtkazish zarurligi qayd etildi.
Forum yakunida brifing oʻtkazilib, ikki kunlik muhokamalar natijalari umumlashtirildi.
Ishtirokchilar forum doirasidagi muhokamalar samaradorligiga toʻxtalib, mintaqaviy hamkorlikda yangi bosqichga – maqsadlardan amaliy qadamlar, muloqotdan barqaror hamkorlik shakllariga oʻtish zarurligini yana bir bor qayd etishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati