2025-yilning 4-iyun kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Fransiyaning Sharq tillari va madaniyatlari milliy instituti (INALCO) eksperti Mikael Leviston bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Farrux Xakimov INALCO ekspertiga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi, uning ustuvor yoʻnalishlari, xususan, Strategiyaning beshinchi – “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yoʻnalishi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berdi.
Shuningdek, uchrashuvda fransiyalik ekspert Oʻzbekiston olib borayotgan faol va pragmatik tashqi siyosatga eʼtibor qaratib, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda mamlakatimizning tutgan oʻrni va qoʻshayotgan hissasini yuqori baholadi.
Muloqot davomida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan har yili tashkil etiladigan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari va dolzarb masalalarni samarali hal etishga qaratilgan saʼy-harakatlar mintaqada barqaror rivojlanishni taʼminlashga xizmat qilayotganligi taʼkidlandi. Tomonlar, shuningdek, Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirish istiqbollari hamda Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish va iqtisodiyotni yanada liberallashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar kabi masalalarni muhokama qilishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati