• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

GEOPOLITIKA.NO VAKILI BILAN UCHRASHUV: MINTAQAVIY HAMKORLIK VA ISLOHOTLAR MUHOKAMA QILINDI

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida Markaz ijrochi direktori Eldor Tulyakov Norvegiyaning “Geopolitika.no” jurnali bosh muharriri Henrik Verenskiold bilan uchrashdi.

Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi Eldor Tulyakovning “Geopolitika.no” jurnali uchun intervyusini tashkil etishga qaratildi. Suhbat davomida Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik va integratsiya jarayonlarining zamonaviy tendensiyalari, shuningdek, Oʻzbekistonda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar muhokama qilindi.

Muloqot chogʻida mintaqa davlatlarining barqaror rivojlanishni taʼminlash maqsadida barcha saʼy-harakatlarini birlashtirishga qaratilgan tendensiya shakllanayotgani, shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatda ochiqlik, barqarorlik va taraqqiyotni taʼminlashga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Shu bilan birga, xorijiy OAV vakili Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash va oʻzaro ishonch muhitini shakllantirishga qaratilgan tashabbuslarini alohida taʼkidladi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati