15-iyun – Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil topgan kun. Sana munosabati bilan Oʻzbekistondagi SHHT Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan “Xalq diplomati” koʻkrak nishonini topshirish marosimi oʻtkazildi.
Mazkur eʼtirofga xalq diplomatiyasi rivojiga munosib hissa qoʻshgan bir guruh davlat arboblari, olim, yozuvchi, fan, sanʼat va madaniyat sohasi vakillari hamda fuqarolik jamiyati faollari munosib koʻrildi. Jumladan, “Xalq diplomati” koʻkrak nishoni bilan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori oʻrinbosari Nilufar Doniyorxodjayeva taqdirlandi.
Ushbu koʻkrak nishoni Markaz xodimiga xalqlar doʻstligini mustahkamlash, madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish va oʻzaro hurmat, bagʻrikenglik gʻoyalarini keng targʻib qilish yoʻlidagi faol saʼy-harakatlari uchun berildi.
Maʼlumot uchun, “Xalq diplomati” koʻkrak nishoni SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida oʻzaro ishonch va yaxshi qoʻshnichilik, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash, sivilizatsiyalararo muloqotni kuchaytirish, oʻzaro madaniy – gumanitar aloqalarni kengaytirish, fuqarolik jamiyati institutlari, yoshlar va xotin-qizlar tashkilotlari oʻrtasida doʻstona hamkorlik muhitini qaror toptirish, SHHT maqsadi, vazifasi va ustuvor yoʻnalishlari hamda asosiy tamoyillarini targʻib etishga yoʻnaltirilgan faoliyatni ragʻbatlantirish maqsadida 2021-yilda Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan taʼsis etilgan.
Oʻz navbatida, Markaz jamoasi Nilufar Doniyorxodjayevani ushbu eʼtirof bilan samimiy tabriklab, mustahkam sogʻlik, kelgusidagi mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar hamrohligini tilab qoladi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati