Joriy yilning 30-iyun – 2-iyul kunlari “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Buxoro viloyatida 2025-yilgi Davlat dasturi ijrosi holatini jamoatchilik monitoringini tashkil etish maqsadida oʻrganishlar oʻtkazilmoqda.
Jumladan, Buxoro shahrida Davlat dasturining ijrosiga masʼul boʻlgan tegishli idora va tashkilotlarning viloyatdagi hududiy boʻlinmalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ishtirok etib, jamoatchilik monitoring tadbirlarini oʻtkazishda eʼtibor qaratiladigan muhim jihatlarga toʻxtalib oʻtdi. Taʼkidlanganidek, asosiy maqsad – Strategiyada belgilangan ustuvor yoʻnalishlarni hayotga tatbiq etishda masʼul tashkilotlar va rahbarlar bilan ochiq muloqot oʻrnatish, ularning mazkur dasturiy hujjat ijrosiga boʻlgan shaxsiy masʼuliyatini oshirish, shuningdek, amaliyotda uchrayotgan muammolar va toʻsiqlarni aniqlab, ularga birgalikda yechim topishdan iborat.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi davlat dasturining amalga oshirilishini, shu jumladan, joylarga chiqib, jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda tanqidiy oʻrganib borishi belgilangan.
Shundan kelib chiqqan holda Markaz tomonidan hududlarda taʼlim, sogʻliqni saqlash, yoshlar va ayollar bandligi, jamoat transporti, ichimlik suvi, ekologik barqarorlik, sport, “Yashil makon” va “Yashil turizm” kabi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, infratuzilma rivoji hamda aholi muammolarini hal etish borasidagi chora-tadbirlarning amaliy holati monitoring qilib boriladi.
Mazkur tadbirlar doirasida Markaz ekspertlari uch kun davomida Buxoro viloyatidagi bir qator tashkilot va muassasalar hamda mahalla fuqarolar yigʻinlarida boʻlib “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijro holatini oʻrganishmoqda.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati