• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
Jorja Meloni
9837 | 10 Iyl. 2025 y.

Jorja Meloni,
Italiya Respublikasi Bosh vaziri
 

– Munosabatlarimiz mustahkam, ancha vaqtdan beri aʼlo darajada. 2023-yildan boshlab strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishga harakat qildik. Endi aloqalarni yanada mustahkamlaymiz. Hamkorlikni kuchaytirish zarur boʻlgan koʻplab yoʻnalishlar bor. Shu bois bugundan boshlab har ikki tomondan barcha ustuvor sohalar boʻyicha aniq ish olib borish istagi namoyon boʻlganidan xursandman. Oʻzbekistonga, Markaziy Osiyo mintaqasiga ilk tashrifimdan juda mamnunman. Menga va Italiya delegatsiyasiga koʻrsatilgan oʻziga xos qabul uchun minnatdorlik bildirmoqchiman: chinakam doʻstlik namunasi koʻrsatildi. Aloqalarimiz muhim ahamiyatga ega. Yevropa va Osiyo chorrahasidagi Samarqandga tashrif men uchun beqiyos imkoniyatdir.

Kompaniyalarimiz bundan keyin ham Oʻzbekistonga sarmoya kiritishga tayyor. Oʻzaro investitsiya jabhasidagi kelishuv migratsiya va kadrlar tayyorlash, madaniyat masalalariga tegishli boʻlib, Turin politexnika, Piza va boshqa universitetlar bilan amalga oshirilayotgan loyihalar hamda qishloq xoʻjaligi, energetika, muhim xom ashyo subyektlari boʻyicha 360 daraja miqyosga ega hamkorlik rivojlanadi. Oʻzbekiston juda muhim hamkorimiz.

Manba: O‘zA

 

 


1
Похожие новости