Joriy yilning 21-28-iyul kunlari O‘zbekistonning davlat va nodavlat tashkilotlaridan 13 nafar mutaxassis Latviya Respublikasida tashkil etilgan o‘quv seminarida ishtirok etmoqda.
Belgilangan talablar asosida saralab olingan ishtirokchilar “O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tizimida salohiyatni oshirishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida shu kungacha amalga oshirilgan strategik rejalashtirish bo‘yicha yettita o‘quv modulini yakunladi.
Ushbu o‘quv seminari Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida Latviyaning Markaziy moliya va shartnomalar agentligi (CFCA) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazining bo‘lim boshlig‘i Jamshid Sharipov hamda Strategik islohotlar agentligi, Iqtisodiyot va moliya, Investitsiyalar, sanoat va savdo, Raqamli texnologiyalar, Maktabgacha va maktab taʼlimi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi va Energetika vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligidan mutaxassislar ishtirok etmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlarida asosiy eʼtibor strategik rejalashtirish sohasida institutsional salohiyatni kuchaytirishga qaratilgan. Maʼlumki, 2006-yildan buyon Latviya strategik rejalashtirish sohasida samarali tizimni shakllantirgan hamda bu borada yagona yondashuvni joriy etgan davlatlardan biri hisoblanadi.
Seminar davomida ishtirokchilar strategik rejalashtirish tizimining tashkil etilishi, strategik dasturlarni moliyalashtirish tizimi, samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilash va baholashdagi yondashuvlar, mazkur jarayonda fuqarolik jamiyati ishtiroki va boshqa dolzarb masalalarda Latviyaning tajriba va yutuqlari bilan yaqindan tanishmoqda.
O‘rganilgan tajriba asosida joriy strategiyalarni yana-da samarali amalga oshirish, hisobot mexanizmlarini takomillashtirish va ularni dasturiy byudjetlashtirish tizimi bilan integratsiya qilishda keng foydalanish ko‘zda tutilgan.
Bir haftalik o‘quv jarayonlarida o‘zlashtirilgan bilimlar amaliy mashg‘ulotlar bilan mustahkamlanib, tadbir yakuni bo‘yicha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirish belgilangan.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati