Joriy yilning 23-25-iyul kunlari “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Xitoyning Xenan provinsiyasi markazi Chjenchjou shahrida boʻlib oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkiloti media va tahlil markazlari sammitida Oʻzbekiston – Xitoy strategik hamkorligiga bagʻishlangan maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Shu bilan bir qatorda, Markaz rahbari sammit doirasida xorijiy tashkilotlar, ilmiy va akademik doira, yetakchi tahlil markazlari va OAV vakillari bilan uchrashuv hamda muloqotlar oʻtkazdi.
Xususan, Eldor Tulyakovning Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha tadqiqotlar instituti direktori Sun Chjuanji, Shanxay Global boshqaruv va mintaqaviy tadqiqotlar akademiyasi direktori Yang Chen, Sinxua instituti rahbari Liu Gang, Turkiyaning “Marmara grupp” strategik va ijtimoiy tadqiqotlar fondi direktori Akkan Suver kabi qator xorijiy hamkorlar bilan uchrashuvlari tashkil etildi.
Uchrashuvlarda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashda OAV hamda tahlil markazlarining hamkorligini yanada faollashtirish, xususan, ilmiy-tadqiqot muassasalari, tahlil markazlari va OAV oʻrtasida axborot almashinuvi, mintaqaviy va global jarayonlarni prognoz qilishda hamkorlik mexanizmlari, intellektual resurslardan samarali foydalanish, shuningdek, tahlilchilar oʻrtasida tajriba almashish, mintaqaviy barqarorlikni taʼminlashda SHHTning rolini mustahkamlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, koʻp tomonlama manfaatli hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, qoʻshma tadqiqot loyihalari hamda birgalikda tadbirlar tashkil etish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Sammit doirasida Eldor Tulyakov XXRning yetakchi ommaviy axborot vositalari, xususan, Sinxua axborot agentligi vakillari bilan muloqotlar chogʻida jurnalistlarga oʻndan ortiq intervyu berdi.
Markaz rahbari oʻz intervyularida Oʻzbekistonning SHHTdagi faol va konstruktiv roli, xususan, xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik hamda madaniy almashinuv yoʻnalishlaridagi tashabbuslarining ahamiyati, Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi tobora rivojlanib borayotgan strategik sheriklik munosabatlari, qolaversa, oʻtkazilgan sammitning oʻzaro maʼlumot almashinuv, qoʻshma tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish hamda hamkorlikning yangi imkoniyatlarini koʻrib chiqishda umumiy platforma sifatidagi oʻrni xususida soʻz yuritdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati