• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

Oʻzbekiston va Latviya oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Bugun “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Toʻlyakov Latviyaning Oʻzbekistondagi yangidan tayinlangan elchisi Girts Yaunzems bilan uchrashdi.

Muloqot chogʻida Oʻzbekistonda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va kelgusi rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar oʻzaro manfaatli sohalarda hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma dastur va tashabbuslarni amalga oshirish borasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib oldilar.

Elchi Girts Yaunzems Oʻzbekistonda kuzatilayotgan ijobiy oʻzgarishlarni yuksak baholab, oʻz faoliyatini katta qiziqish va mamnuniyat bilan boshlaganini taʼkidladi. Shuningdek, u Oʻzbekiston–Latviya munosabatlarini yanada mustahkamlash va turli ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi.

 

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati