Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Yevropa mamlakatlarida davlat boshqaruvi hamda mahalliy hokimiyat tizimini tashkil etish boʻyicha ilgʻor tajribalarni oʻrganish maqsadida Litva Respublikasiga amaliy tashrif bilan bordi. Tashrif Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori moliyaviy koʻmagida tashkil etildi.
Litva Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat departamenti, Litva parlamenti (Seym) hamda Zarasay tumani hokimligi rahbariyati bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari, Xalq deputatlari Fargʻona viloyati hamda Toshkent shahar Kengashlari deputatlaridan iborat oʻzbekistonlik delegatsiya aʼzolari dastlab Litva Ichki ishlar vazirligi huzuridagi departamentda boʻldi.
Oʻtkazilgan muloqot chogʻida mahalliy davlat boshqaruvi sohasidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish, maʼmuriy tartibga solish va maʼmuriy xizmatlar koʻrsatish amaliyoti, shuningdek, davlat organlarining ichki boshqaruv tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Litvada davlat boshqaruvini rivojlantirishda Yevropa Ittifoqi aʼzosi boʻlgan mamlakatlar tajribalarini oʻrganish va ularning samarali modellarini milliy sharoitga moslashtirish amaliyoti bilan tanishdilar. Delegatsiya aʼzolariga davlat siyosatini ishlab chiqishning sifatini oshirish, xizmatlar samaradorligini taʼminlash va institutsional hisobdorlikni mustahkamlash boʻyicha maʼlumotlar berildi.
Litva parlamenti – Seymda boʻlib oʻtgan uchrashuvda Iqtisodiyot qoʻmitasi raisi Saulius Butsevichyus hamda Milliy xavfsizlik va mudofaa qoʻmitasi raisi Rimantas Sinkyavichyus bilan milliy siyosat va mahalliy boshqaruv sohasidagi amaliy yondashuvlar, qaror qabul qilishdan tortib ijro va nazoratgacha boʻlgan yaxlit tizim muhokama etildi. Litva parlamentining mahalliy kengashlar faoliyatini qonunchilik orqali qoʻllab-quvvatlash va davlat boshqaruvida hisobdorlikni taʼminlash tajribasi atroflicha koʻrib chiqildi.
Zarasay tumani hokimligida tuman hokimi Niyole Guobene va jamoasi bilan oʻtgan amaliy muloqot chogʻida hokim hamda ijrochi direktorning vakolatlari, mahalliy kengash aʼzolarining faoliyati, siyosiy qarorlarni qabul qilish va ular ijrosini nazorat qilish mexanizmlari boʻyicha amaliy tajriba oʻrganildi.
Shuningdek, turizm va madaniyat yoʻnalishlarida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilinib, oʻzaro tashriflar uyushtirish, xalqlar oʻrtasida madaniy muloqotni kuchaytirish, anʼanalar va taomlar bilan tanishish orqali oʻzaro anglashuvni chuqurlashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
– Tashrif yakunlari boʻyicha koʻplab ustuvor xulosalar qayd etildi, – deydi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov. – Litvada mahalliy kengashlar Oʻzbekistondan farqli ravishda proporsional saylov tizimi asosida shakllantiriladi. Munitsipalitetlar keng vakolatlarga ega boʻlib, bolalar bogʻchalari va maktab taʼlimini tashkil etish, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish, madaniyatni rivojlantirish, boshlangʻich tibbiy yordamni taʼminlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, mahalliy transport va ahamiyatga ega yoʻllarni boshqarish, energiya, issiq va ichimlik suvi bilan taʼminlash, shaharsozlik, chiqindilarni yigʻish va qayta ishlash, yongʻin xavfsizligi hamda qutqaruv xizmati kabi yoʻnalishlarda faoliyat yuritadi.
Mamlakat miqyosida munitsipalitetlarni birlashtirish va yiriklashtirish siyosati izchil amalga oshirilmoqda. Hokimlar toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadi; mahalliy kengashlarga oid davlat siyosatini shakllantirish Ichki ishlar vazirligi vakolatiga kiradi. Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishi, shuningdek, Hukumat qarorlari ijrosi ustidan nazorat Hukumat tomonidan tayinlanadigan hududiy vakillar orqali taʼminlanadi. Mahalliy kengashlar huzurida hududiy hisob (audit) palatalari va qoʻmitalari faoliyat koʻrsatadi hamda ular toʻgʻridan-toʻgʻri kengashga boʻysunadi. Aksariyat deputatlar jamoatchilik asosida ish olib borishlariga qaramasdan oylik maosh oladilar, shu bilan birga, kengash raisi, uning oʻrinbosari va komissiya raislari doimiy asosda mehnat qiladilar.
Oʻzbekiston delegatsiyasi davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat tizimida tajriba almashishni izchil davom ettirishga tayyorligini taʼkidladi.
Safar jarayonida olingan bilim va tajribalar mamlakatimizda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish, fuqarolarga yoʻnaltirilgan xizmatlar tizimini rivojlantirish hamda markaziy va mahalliy organlar faoliyatini muvofiqlashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati