“Taraqqiyot strategiyasi” markazida poytaxtimizda 15-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti huzuridagi Turkiy universitetlar ittifoqining 8-Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Turkiyaning Balikesir universiteti rektori, professor Yujel Ogurlu bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Markaz rahbari Eldor Tulyakov turkiyalik mehmonni “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi hamda Turkiya va Turkiy davlatlar tashkiloti bilan so‘nggi yillarda jadallashgan siyosiy, savdo-iqtisodiy, ta’lim va madaniy-gumanitar hamkorlikning istiqbollari haqida fikr almashdi.
Balikesir universiteti rektori, professor Yujel Ogurlu Turkiy universitetlar ittifoqi 8-Bosh Assambleyasida o‘zbek tilida ma’ruza qilganligini bildirib, so‘nggi yillarda xorijda o‘zbek tilini o‘rganishga qiziqish sezilarli darajada oshganligiga e’tibor qaratdi hamda ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlik xalqlarimiz o‘rtasida aloqalarni mustahkamlashda alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
Uchrashuvda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida aloqalarni yanada rivojlantirish va hamkorlikdagi faoliyatni yanada jadallashtirishga kelishib olindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati