Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori Antti Karttunen va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
YXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori ofisida tashkil etilgan uchrashuvda tomonlar “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida mamlakatda olib borilayotgan islohotlar hamda oʻzaro manfaatli sohalarda aloqalarni mustahkamlash yuzasidan fikr almashdi.
Xususan, turli loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirishda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari, shuningdek qoʻshma tadbirlarni tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda A. Karttunen Oʻzbekistonni turli sohalarda ilgʻor tashabbus va takliflarni muhokama qilishga ochiq davlat sifatida eʼtirof etib, soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va oʻzgarishlarni ijobiy baholadi. Shuningdek, YXHTning Oʻzbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga hamisha tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar yaqin muloqotni va hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati