Joriy yilning 20–22-noyabr kunlari Xitoyning iqtisodiy, ilmiy va taʼlim markazlaridan biri hisoblangan Nanjing shahrida Sinxua instituti tomonidan “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasida hamkorlik boʻyicha tahlil markazlarining xalqaro forumi oʻtkazildi.
Xalqaro forumda “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasida hamkorlik olib borayotgan mamlakatlarning nufuzli tahlil markazlari, siyosiy va biznes doira vakillari, milliy axborot agentliklari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Anjumanda ishtirokchilar zamonaviy global murakkablik, raqobat va hamkorlik sharoitida “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusining strategik ahamiyati, uning mintaqaviy hamkorlik, infratuzilma yangilanishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli yuzasidan fikr almashdilar. Tadbirning asosiy maqsadlaridan biri — turli davlatlarning tahlil markazlari oʻrtasida doimiy muloqot platformasini shakllantirish, ilmiy-amaliy hamkorlikni kuchaytirish hamda strategik tashabbuslarni ilmiy asoslar bilan boyitishdan iborat boʻldi.
Tadbir doirasida transport logistkasi, energetika xavfsizligi, raqamli transformatsiya, qoʻshma investitsiya loyihalari, axborot almashinuvi kabi bir qator ustuvor yoʻnalishlarda xalqaro mulohaza va takliflar taqdim etildi.
Forumning “Raqamli Buyuk Ipak yoʻli” mavzusidagi sessiyasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlimi boshligʻi Farrux Xakimov mamlakatimizda raqamlashtirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼruza qilib, “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyalari doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning amaliy natijalari haqida taqdimot qildi.
Maʼruzada Oʻzbekistonning raqamli transformatsiyasi soʻnggi yillarda jadal surʼatlarda kechayotganligi, jumladan, internet qamrovi va tezligini oshirish, AKT va yangi texnologiyalar sohasida kadrlar tayyorlash, IT xizmatlarining milliy iqtisodiyot va eksportdagi ulushini koʻpaytirish, raqamli infratuzilmani rivojlantirish hamda raqamli sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish boʻyicha amaliy choralar oʻz natijalarini berayotgani taʼkidlandi.
Taqdimotda qayd etilganidek, BMTning “Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi”da 193 davlatlar orasida Oʻzbekiston 2020-yildagi 87-oʻrindan 2024-yilda 63-oʻringa koʻtarildi. Shuningdek, Sunʼiy intellektga tayyorgarlik xalqaro indeksida Oʻzbekiston 17 ta pogʻonaga koʻtarilib, Markaziy Osiyo davlatlari orasida 1-oʻrinni egalladi. Elektron hukumat – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi raqamli xizmatlar joriy etilishi natijasida, ularning umumiy soni 775 taga yetgan boʻlsa, foydalanuvchilar soni 11,6 mln nafardan oshgan.
Shu bilan birga, xorijiy davlatlarning yirik AKT kompaniyalari bilan hamkorlik koʻlami ham kengayib, jumladan Xitoyning “Huawei”, “ZTE” va boshqa kompaniyalari bilan raqamli transformatsiya va raqamlashtirish sohalarida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Forum yakunlariga koʻra, ishtirokchi mamlakatlar va tahlil markazlari oʻrtasida doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarini muvofiqlashtirish, dolzarb global tendensiyalarni birgalikda tahlil qilish va “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusini ilmiy jihatdan asoslash masalalari alohida ahamiyat kasb etdi.
Shuningdek, yangi texnologiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish, “Raqamli Buyuk Ipak yoʻli” konsepsiyasini amalga oshirish, innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash hamda tahlil markazlari oʻrtasida doimiy muloqotni taʼminlash boʻyicha qoʻshma takliflar ilgari surildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati