Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda yangilanayotgan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda akademik-professorlar, oʻqituvchi va tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Muhokama avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi prorektori Alisher Umarov hamda markaz ijrochi direktori Eldor Tulyakovlar soʻzga chiqib, Prezidentimizning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasida ilgari surilgan vazifalar, xususan, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish masalasi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida amaldagi Strategiyada belgilangan vazifalarning koʻlami, bajarilgan ishlar, erishilgan samaradorlik koʻrsatkichlari, shuningdek, uni takomillashtirish zarurati, koʻzda tutilayotgan yuqori marralarning ahamiyati haqida fikr yuritdi.
Taʼkidlanganidek, 2023-yilda qabul qilingan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi mamlakat taraqqiyotida sifat jihatdan yangi bosqichni boshlab bergan muhim strategik hujjat hisoblanadi. Unda Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq ravishda inson qadrini yuksaltirish, barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va xalq xizmatiga yoʻnaltirilgan davlatni barpo etish asosiy ustuvor maqsadlar sifatida belgilandi.
Strategiyani amalga oshirishning dastlabki bosqichida toʻplangan amaliy tajriba shuni koʻrsatdiki, ayrim maqsad va vazifalarni yanada aniqlashtirish, ularni yillar kesimida rejalashtirish, moliyalashtirish manbalari hamda ijro uchun masʼuliyatni ochiq belgilash zarurati mavjud. Jamoatchilik muhokamalari, hududlardan kelib tushgan takliflar va ijro jarayonida aniqlangan omillar strategiyani takomillashtirishga boʻlgan ehtiyojni yanada kuchaytirdi.
– Ana shu asosda ishlab chiqilgan takomillashayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi amaldagi hujjatning mantiqiy davomi boʻlib, uning mazmunan va usluban yangi bosqichini ifoda etadi. Eng avvalo, strategik yondashuvdagi asosiy farqqa eʼtibor qaratmoq lozim. Amaldagi strategiyada asosiy maqsadlar va ustuvor yoʻnalishlar belgilab berilgan boʻlsa, takomillashayotgan tahrirda har bir maqsad aniq yillik indikatorlar bilan bogʻlangan. Masalan, amaldagi strategiyada taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimlarida qamrovni kengaytirish asosiy vazifa sifatida belgilangan boʻlsa, takomillashayotgan strategiyada sifat, muhit va natija birinchi oʻringa chiqarilgan. Jumladan, maktabgacha taʼlimda bolalarni qamrab olish darajasini 80 foizga yetkazish bilan birga, barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarini toza ichimlik suvi hamda zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan 100 foiz taʼminlash aniq maqsad sifatida belgilanmoqda. Bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan toʻliq qamrab olish ham yilma-yil koʻrsatkichlar orqali taʼminlanmoqda, – dedi Eldor Tulyakov.
Uchrashuv davomida Strategiya loyihasiga kiritilayotgan oʻzgarishlar, amaldagi va yangilanayotgan loyihadagi maqsadli samaradorlik koʻrsatkichlari tahlili boʻyicha taqdimot qilindi.
Ishtirokchilarning savollariga javob berildi. Shuningdek, jamoatchilik muhokamasida qatnashgan Davlat boshqaruvi akademiyasining professor-oʻqituvchi va tinglovchilari, doktorant-tadqiqotchilari hujjat loyihasi boʻyicha oʻzlarining qator taklif va tashabbuslarini bildirishdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati