2026-yilning 5-6-yanvar kunlari Shvetsiyaning Lund universiteti muvofiqlashtiruvida Markaziy Osiyoda davlat boshqaruvi va huquq sohasidagi islohotlarga bagʻishlangan xalqaro onlayn tadbir boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Markaziy Osiyo davlatlari, Yevropa, Osiyo va Amerika qitʼalarining 30 dan ortiq yetakchi oliy taʼlim muassasalari, tahlil markazlari, davlat va nodavlat tashkilotlari ishtirokida yoʻlga qoʻyilayotgan yangi qoʻshma tadqiqot loyihasining boshlanishiga bagʻishlandi.
Tadbir davomida ishtirokchilar yangi qoʻshma tadqiqot loyihasining dolzarbligi, uning ilmiy va amaliy ahamiyati hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida amalga oshirilayotgan islohotlarga qoʻshayotgan hissasiga alohida eʼtibor qaratdilar.
Xalqaro tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ham ishtirok etib, oʻz chiqishida keyingi yillarda Oʻzbekistonda davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini tubdan qayta shakllantirishga qaratilgan keng qamrovli siyosiy islohotlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi. U islohotlarning markazida inson qadri tamoyili turgani, davlat boshqaruvi tizimi fuqarolar manfaatlariga xizmat qilishga yoʻnaltirilayotganini alohida qayd etdi.
Shuningdek, Eldor Tulyakov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yaqinda Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasida belgilab berilgan yangi ustuvor vazifalar va erishilgan natijalar mamlakat taraqqiyotining keyingi bosqichini belgilab beruvchi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini qayta koʻrib chiqishni taqozo etayotganini maʼlum qildi. Ushbu strategiya loyihasi hozirda keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgani, fuqarolar, mahalliy va xorijiy ekspertlar fikr-mulohazalari hamda takliflari uni takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Tadbir ishtirokchilari qoʻshma tadqiqot loyihasi doirasida olib boriladigan ilmiy izlanishlar, tahliliy xulosalar va amaliy tavsiyalar Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarida davlat boshqaruvi hamda huquq sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi mumkinligini qayd etdilar.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati