Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazida “Murojaatnoma – davlat siyosati va islohotlar kun tartibini belgilab beruvchi strategik dastur” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati vakillari hamda Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari, tadqiqot va tahlil markazlari ekspertlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
Davra suhbati Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mamlakatimizning kelgusi taraqqiyotidagi strategik ahamiyatini muhokama qilish, undagi tashabbuslarni hayotga tatbiq qilishda parlament palatalari, mahalliy Kengashlar, mahalla hamda fuqarolik jamiyati institutlari oldida turgan dolzarb vazifalarni belgilab olish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Prezident Murojaatnomasida erishilgan ulkan natijalar, yangi ustuvor vazifalar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etayotgani, mamlakatimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan ushbu hujjat keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish zarurligini ta’kidlaganlarini qayd etib, Strategiyani takomillashtirish sabablari va ahamiyati, uning xalq hayotiga amaliy ta’siri hamda davlat boshqaruvi, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda samaradorlikni oshirishdagi roli haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yangi tahrirdagi hujjat loyihasida nazarda tutilayotgan asosiy ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratib, ayni paytda o‘tkazilayotgan jamoatchilik muhokamalari va mazkur jarayonning Strategiyani yanada takomillashtirishdagi ahamiyati haqida gapirdi.
– Strategiyani takomillashtirishdagi eng muhim tamoyillardan biri uni xalq bilan keng maslahatlashuv asosida ishlab chiqishdir. Loyiha jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilib, fuqarolar, soha mutaxassislari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining fikr va takliflari e’tiborga olinmoqda. Chunki jamoatchilik qarashlari o‘z ifodasini topgan hujjatgina hayotiy va yuqori samaraga ega bo‘ladi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish mavjud islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ularni zamon talablariga moslashtirish hamda aholi hayotidagi amaliy natijalarini kuchaytirishga qaratilgan izchil jarayon hisoblanadi. Eng asosiysi, ushbu strategiya xalqimiz farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan umummilliy taraqqiyot dasturi sifatida shakllantirilmoqda, – dedi Eldor Tulyakov.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan keyingi yillarda parlamentning davlat boshqaruvidagi rolini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish, mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim isloxotlar olib borilgani alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, ularda ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun katta moliyaviy resurslar ajratilayotgani mahallaning iqtisodiy salohiyatini oshirishga hamda fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qilayotgani to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.
Ochiq muloqot formatida o‘tkazilgan davra suhbati yakunida ishtirokchilarning fikr va takliflar Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati