O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamkorligida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar tahlili hamda takomillashtirilayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.
Tadbirda teleradiokompaniya markaziy va hududiy tele, radiokanallari muharrirlari qatnashdi.
Seminarda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Ijrochi direktori Eldor Tulyakov so‘zga chiqib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni tahlil qildi. Shuningdek, hozirda maqsad va samaradorlik ko‘rsatkichlarini takomillashtirish maqsadida jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining mazmun-mohiyati yuzasidan fikr bildirdi.
Seminar davomida ishtirokchilarga Murojaatnomada belgilangan islohotlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka to‘g‘ri va ta’sirchan yetkazish, aholi ongida strategik maqsadlar mazmun-mohiyatini shakllantirish masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ijtimoiy soha rivoji, inson qadrini ulug‘lash, davlat boshqaruvini takomillashtirish hamda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini kuchaytirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqish zarurati, amaldagi va takomillashtirilayotgan Strategiyadagi asosiy farqlar va uning xalqimiz hayotidagi ahamiyati, jamoatchilik muhokamasida ishtirok etish mexaniszmlarini ochib berishga qaratilgan taqdimot qildi.
Tadbirda jurnalist va muharrirlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Seminar ishtirokchilari bu kabi o‘quv-amaliy tadbirlar sohada professional bilim va ko‘nikmalarni oshirish, shuningdek, strategik hujjatlar mazmunini jamoatchilikka xolis va sifatli yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati