“Taraqqiyot strategiyasi” markazida takomillashayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining “Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish” yo‘nalishi bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi vakillari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi mas’ul xodimlari, ekspertlar, OAV vakillari hamda jurnalistlar qatnashdi.
Qayd etilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida erishilgan ulkan natijalar, yangi ustuvor vazifalar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etayotgani, mamlakatimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan ushbu hujjat keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilib, aholimizning fikr-mulohazalari asosida takomillashtirilishi zarurligini ta’kidlagan edilar.
Matbuot anjumanida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov so‘zga chiqib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilishi, unda belgilangan vazifalarning yangilanishi mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlashdagi ahamiyati yuzasidan fikr yuritdi. Strategiya loyihasining muhokamasida keng jamoatchilikning faol ishtiroki belgilanayotgan vazifalarning yanada mukammal va xalqchil rivojlanish dasturi bo‘lishida muhim ekanini ta’kidladi.
Adliya vazirligi departament direktori Eldor Mahkamov yangilanayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasida davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari sohasida raqamlashtirish orqali samaradorlikni oshirish va aholiga qulaylik yaratishga qaratilayotgan vazifalar haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanganidek, davlat boshqaruvi va davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini to‘liq raqamlashtirish doirasida arxiv materiallarining raqamlashtirilgan ulushini 80 foizgacha oshirish, mavjud 40 million hujjatdan 25 millionini raqamlashtirish rejalashtirilgan. Shuningdek, hokim va uning o‘rinbosarlari tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarni, jumladan, kollegial organ sifatidagi qarorlar, xulosa, dalolatnoma va bayonnomalarni “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish va qabul qilish amaliyoti 100 foizga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlarining aholi manfaatlariga daxldor bo‘lgan vakolatlarini amalga oshirishda “byurokratiyani nol” tamoyilini 100 foizgacha yetkazish, ijtimoiy-iqtisodiy, qurilish va energetika, inson resurslari, soliq, bojxona va aholini ish bilan ta’minlash kabi sohalarga oid 20 tadan ortiq elektron tizimlarni hokimliklar faoliyatiga tatbiq etish belgilangan. Shu bilan birga, kompozit va proaktiv tarzda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonini kamida 400 taga yetkazish, 100 tadan ortiq davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddatlarini 50 foizga qisqartirish, 500 taga yaqin davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomillarini soddalashtirish, arxiv sohasida davlat xizmatlari sonini 14 taga yetkazish, 110 dan ortiq ma’lumot va hujjatlar talab qilishni to‘liq bekor qilish nazarda tutilgan. Har yili respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining aholiga xizmat ko‘rsatishga oid kamida 5 ta funksiyasini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish, qonun ijodkorligi jarayonlarini 100 foiz raqamlashtirish hamda ushbu jarayonlarga sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash mazkur islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Tadbirda so‘z olgan Raqamli texnologiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i Jahongir Shukurov takomillashayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasida mamlakatda raqamli davlat boshqaruvini kompleks rivojlantirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va davlat xizmatlarini yagona raqamli muhit asosida tashkil etish orqali shaffoflik, samaradorlik hamda aholi va tadbirkorlar uchun qulaylikni ta’minlash ko‘zda tutilayotganiga e’tibor qaratdi.
Mamlakatda raqamli davlat boshqaruvini yanada rivojlantirish doirasida BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida “Top-30” talikdan o‘rin egallashga erishish, fuqarolarning murojaat va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kuchaytirish maqsadida “Xalq nazorati” portalini har bir hududda 100 foiz joriy etish, shuningdek, davlat xizmatlarini yagona ekotizim asosida tashkil etish uchun “Raqamli hukumat” tizimining yagona platformasiga ulangan servislar sonini 700 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Matbuot anjumanida Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi departament mudiri G‘olibjon Abduazizov Startegiya loyihasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish va uni zamonaviy talablar asosida rivojlantirish masalasiga to‘xtaldi.
Qayd etilganidek, har yili 10 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining ichki ish yurituvi jarayonlari bosqichlarini (hujjatlarni kelishish, imzolash, ma’lumot almashish va boshqa jarayonlar) 5 foizga maqbullashtirish, har yili 10 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida an’anaviy shaklda amalga oshirilayotgan tartib-taomillarning kamida 10 foizini raqamlashtirish va shu orqali ushbu jarayonlarda qog‘oz sarfini qisqartirish, davlat fuqarolik xizmatining boshqaruv va mutaxassis kadrlar toifasidagi lavozimlarni egallashni 100 foiz malaka darajasiga asoslangan karyera modeli bo‘yicha tanlovlar orqali amalga oshirish, “Edu.argos.uz” masofaviy ta’lim platformasi orqali davlat fuqarolik xizmatchilarining onlayn malaka oshirish qamrovini 100 foizga yetkazish hamda “Davlat xizmatchisi” mobil ilovasidan foydalanayotgan davlat fuqarolik xizmatchilari ulushini ularning umumiy sonidan 100 foizga yetkazish vazifalari belgilangan.
Matbuot anjumani yakunida mas’ullar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytardi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati