“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Adliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida Toshkent davlat yuridik universitetida “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda poytaxtimizdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Tadbir Davlat dasturi loyihasining mazmuni va samaradorligini keng jamoatchilikka yetkazish, taklif va mulohazalarini hisobga olish va mahalla, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan islohotlardan xalqimizni xabardor qilish maqsadida o‘tkazildi.
Tadbirni Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, yuridik fanlar doktori, professor Baxshillo Xodjayev ochib, ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasining ahamiyati, uning mohiyatini xalqimizga yetkazish va takliflarini olish huquqiy demokratik jamiyat barpo etishda muhim ekanini ta’kidladi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ma’ruza va taqdimot bilan ishtirok etib, 2026-yilga mo‘ljallangan islohotlar dasturlari va Davlat dasturida belgilangan asosiy vazifalar va ko‘rsatkichlarni tahlil qilib berdi.
– Loyiha avvalgi yillarda qabul qilingan Davlat dasturlaridan farqli o‘laroq, AQSH va Fransiya tajribasi asosida mutlaqo yangi formatda ishlab chiqilgan. Unda ikki asosiy masalaga alohida e’tibor qaratilgan. Birinchisi — Prezident Murojaatnomasida belgilangan sohalar bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va aniq maqsadli ko‘rsatkichlarini belgilash, shuningdek, beshta ustuvor yo‘nalish doirasida iqtisodiyot va ichki talab bilan bog‘liq sohalarni o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda Islohotlar dasturlarini tasdiqlashdan iborat. Mazkur dasturlar jami 78 ta tashabbusni qamrab olib, ularning ijrosini tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlari hamda mas’ul ijrochilari aniq belgilab qo‘yilgan. Ikkinchi masala esa “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini 2026-yilda amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturini tasdiqlash bo‘lib, unda amaliy chora-tadbirlar rejalari, 2026-yil davomida ishlab chiqilishi rejalashtirilgan normativ-huquqiy hamda strategik qonunchilik hujjatlari ro‘yxatlari nazarda tutilgan, – dedi Eldor Tulyakov.
Qayd etilganidek, Farmon loyihasida tasdiqlanishi kutilayotgan islohotlar dasturlari qator jihatlar bilan Davlat dasturidan farq qiladi. Islohotlar dasturlariga Davlat Rahbari tomonidan Murojaatnomada ilgari surilgan tashabbuslar hamda 2026 yildagi eng katta va ustuvor islohotlar kiritilmoqda. Davlat dasturi doirasida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining 2026-yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlari ijrosi tashkil etiladi. Har bir tashabbusni amalga oshirish mexanizmlari va yil yakuni bo‘yicha ijro natijalari bo‘yicha KPІlar belgilanmoqda. Davlat dasturi amaliy tadbirlarini tashkil etish va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish topshiriqlari shaklida bayon etilmoqda.
Muhokama jarayonida islohotlar dasturlari va Davlat dasturi milliy iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish va mahalla infratuzilmasini yangilash uchun belgilanayotgan qator ustuvor vazifalar tahlil qilib berildi. Xususan, YAIM 167 mlrd dollarni tashkil etishi, 1 mln fuqaroni ish bilan ta’minlash va 181 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish, joriy yilda 50 mlrd dollarni xorijiy investitsiya sifatida jalb qilish, 1 500 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ochilishi, 200 mingdan ortiq o‘quvchilarni kasbga o‘qitish va 400 ming nafar ishsiz va kambag‘al oila a’zolariga kasb-hunar, xorijiy til va tadbirkorlik ko‘nikmalarini berish, “Mahallada sanoat va xizmat” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalari ishga tushirish, kambag‘allikdan xoli mahallalar sonini 3,5 mingtaga yetkazish va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilindi.
Shuningdek, Davlat dasturi loyihasida belgilanayotgan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Radjabov, kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish va mehnat bozori ehtiyojlari bo‘yicha Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Husanov, huquqiy islohotlar va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalalari bo‘yicha Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Shavkat Asadov, ommaviy axborot vositalarining mahalla va davlat o‘rtasidagi ochiq muloqot platformasi sifatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini yetkazishda faol ishtirok etishi bo‘yicha O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja va boshqalar o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Tadbir so‘nggida jamoatchilik muhokamasi bo‘yicha ishtirokchilar islohotlar dasturlari va Davlat dasturi loyihasini amalga oshirishning samarali mexanizmlari, mahalla infratuzilmasini takomillashtirish va kadrlar tayyorlash masalalari yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati