• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

QIRG‘IZISTONNING O‘ZBЕKISTONDAGI ELCHISI BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA ETILDI

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov bilan Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Duyshonkul Chotonovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston–Qirg‘iziston hamkorligining rivojlanish dinamikasi, mintaqaviy o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, ikki tomonlama sheriklikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Elchi Markaz faoliyati, uning tahliliy va ekspertlik ishlari, amalga oshirilayotgan hamda rejalashtirilayotgan tashabbuslari bilan tanishtirildi.

Tomonlar qo‘shma tahliliy, ekspertlik va ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, mintaqaviy muloqotni mustahkamlash va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish doirasidagi hamkorlik yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdilar.

Suhbat chog‘ida xalqaro hamjamiyat ishtirokida takomillashayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan jamoatchilik muhokamasining ahamiyati alohida ta’kidlanib, ushbu muhokama davlat organlari, xalqaro tashkilotlar hamda diplomatik korpus vakillari o‘rtasida mazmunli fikr almashish uchun samarali maydon bo‘lib xizmat qilgani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar konstruktiv muloqotni davom ettirish va ekspertlik hamda institutsional darajadagi hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.

 

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati