“Taraqqiyot strategiyasi” markazi delegatsiyasining Istanbulga tashrifi doirasida Markazning doimiy va faol hamkorlari bilan uchrashuvlar tashkil qilindi. Jumladan, Markaz ijrochi direktori Eldor Tulyakov Turkiyaning “Marmara Grup” strategik va ijtimoiy tadqiqotlar fondi prezidenti doktor Akkan Suver va vitse-prezident Jafer Okray bilan uchrashdi.
Uchrashuvda muassasalar oʻrtasidagi mavjud hamkorlikning bugungi holati va uni yanada mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, Yaqin Sharqda kuzatilayotgan geosiyosiy tarangliklar hamda jamgʻarma tomonidan har yili tashkil etiladigan va xalqaro muloqot uchun muhim maydon sanaladigan navbatdagi Yevroosiyo iqtisodiy sammiti masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida Eldor Tulyakov “Marmara Grup” jamgʻarmasi bilan shakllangan koʻp yillik konstruktiv muloqot, oʻzaro hurmat va samimiy doʻstlik munosabatlarini yuksak qadrlashini bildirdi. Shuningdek, bunday uchrashuvlar institutsional aloqalarni yanada mustahkamlash, oʻzaro anglashuvni chuqurlashtirish va amaliy hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilab olishda alohida ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
Samimiy ruhda oʻtgan uchrashuvda tomonlar davom etayotgan muloqotlar kelgusida ham oʻzaro hamkorlikni, shuningdek, Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidlashdi.
Shuningdek, Istanbul tashrifi doirasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillarining Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari Mirvoxid Azimov hamda uning jamoasi aʼzolari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida oʻzaro manfaatli boʻlgan qator masalalar, jumladan, mintaqaviy hamkorlik, institutsional muloqotni rivojlantirish hamda tashkilot doirasidagi hamkorlik imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Xususan, amaliy hamkorlik yoʻnalishlarini belgilash, idoralararo aloqalarni mustahkamlash va umumiy strategik maqsadlarga mos qoʻshma tashabbuslarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Kelgusida samarali muloqotlarni izchil davom ettirish va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati