• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

JAHON XALQLARI ASSAMBLEYASI BILAN HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Joriy yilning 21-aprel kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Jahon xalqlari Assambleyasi Bosh kengashi raisi Svetlana Smirnova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi

Uchrashuvda Markaz rahbari Eldor Tulyakov delegatsiya aʼzolariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, yangilangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda joriy yilgi Davlat dasturi doirasida erishilayotgan natijalar haqida atroflicha maʼlumot berdi. Shuningdek, Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosatdagi ustuvor yoʻnalishlari, ayniqsa, mamlakat va mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan yondashuvlar alohida taʼkidlandi.

Muloqot davomida 2021-yilda yoʻlga qoʻyilgan aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Xususan, tomonlar Markaz va Assambleya tomonidan tashkil etiladigan xalqaro tadbirlarda har ikki tashkilot vakillarining ishtirokini taʼminlash imkoniyatlarini koʻrib chiqdilar.

Uchrashuv yakunlariga koʻra, tomonlar oʻzaro manfaatli yoʻnalishlar boʻyicha olib borilayotgan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati