• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

BMT TARAQQIYOT DASTURI BILAN QOʻSHMA LOYIHALARNI KENGAYTIRISH IMKONIYATLARI KOʻRIB CHIQILDI

“Taraqqiyot strategiyasi” strategiyasi markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov va BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.

BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda mahalliy boshqaruvni mustahkamlash, islohotlarni amalga oshirish va ular ustidan nazoratni taʼminlashda mahalliy Kengashlarning rolini kuchaytirish, shuningdek, samarali, ochiq va hisobdor davlat boshqaruvini qoʻllab-quvvatlash doirasidagi qoʻshma hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Muloqot davomida Akiko Fujii Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati tashkilotlari rivojlanishida ijobiy dinamika kuzatilayotganini qayd etib, ularning demokratik boshqaruvni mustahkamlashdagi muhim oʻrnini taʼkidladi. Shuningdek, u ixtisoslashtirilgan grant dasturlari fuqarolik jamiyati tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashda, ayniqsa aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari hayot sifatini oshirishda katta istiqbolga ega ekanini alohida qayd etdi.

Uchrashuvda tomonlar oʻzaro manfaatli yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikni yanada chuqurlashtirish hamda bu borada amaliy qadamlarni izchil davom ettirishga tayyorliklarini bildirdilar.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati