“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oʻrganish, aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va davlat dasturlari ijrosining joylardagi holatini tahlil qilish maqsadida tizimli jamoatchilik monitoringlari tashkil etilmoqda. Ana shunday oʻrganishlar doirasida joriy yilning 18–21-may kunlari Sirdaryo viloyatida qator sohalar kesimida monitoring tadbirlari oʻtkazildi.
Monitoring jarayonlariga Sirdaryo viloyati hokimligi, vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari, mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb etildi.
Tadbirlar doirasida Davlat dasturida belgilangan vazifalar ustuvor yoʻnalishlar kesimida tahlil qilindi. Xususan, maktabgacha va maktab taʼlimi, sogʻliqni saqlash, aholi bandligini taʼminlash, mahalla institutini qoʻllab-quvvatlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, transport va logistika xizmatlari kabi sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.
Shuningdek, Markaz ekspertlari 20-may kuni Xovos tumanida, 21-may kuni esa Guliston shahrida boʻlib, u yerdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari, koʻp tarmoqli va oilaviy poliklinikalar, transport xizmati obyektlari hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Oʻrganishlar jarayonida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning aholi hayotidagi amaliy natijalariga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, bolalar uchun yaratilgan zamonaviy taʼlim muhiti, oʻquv xonalarining jihozlanishi, tarbiya va taʼlim sifati, tibbiyot muassasalarida aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar darajasi, dori-darmon taʼminoti, aholining jamoat transportidan foydalanish imkoniyatlari hamda mahallalarda yoshlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Monitoring davomida hududlarda olib borilayotgan ishlar bilan birga, aholini qiynayotgan ayrim muammolar ham oʻrganildi. Taʼlim, sogʻliqni saqlash, transport va bandlik sohalari boʻyicha fuqarolar hamda mutasaddi tashkilotlar vakillarining fikr va takliflari tinglandi.
Oʻrganishlar natijasida aniqlangan muammolar va ularni hal etish boʻyicha takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumot tayyorlanib, tegishli vazirlik va idoralarga kiritilishi belgilandi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati