• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

TORUN SHAHRIDA OʻZBEKISTONNING MADANIY MEROSI VA TURIZM SALOHIYATI NAMOYISH ETILDI

Polsha Respublikasining Torun shahrida boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston investorlari kuni” tadbiri doirasida mehmonlar uchun rasmiy qabul marosimi tashkil etildi. Unda Polsha davlat idoralari, biznes doiralari, ekspertlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etib, Oʻzbekistonning boy milliy madaniyati va anʼanalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻldilar.

Tadbir davomida mehmonlarga oʻzbek milliy taomlari tortilib, mamlakatimiz milliy oshxonasining oʻziga xos jihatlari namoyish etildi. Milliy taomlar ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotib, Oʻzbekistonning mehmondoʻstlik anʼanalari va boy gastronomik madaniyatini keng targʻib qilishga xizmat qildi.

Shuningdek, tashkil etilgan koʻrgazma orqali Oʻzbekistonning koʻp asrlik madaniy merosi, tarixiy obidalari, milliy qadriyatlari hamda zamonaviy turizm imkoniyatlari taqdim etildi. Mehmonlar mamlakatimizning sayyohlik salohiyati, madaniy va tarixiy yoʻnalishlari haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻlib, Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi jozibador turistik yoʻnalish sifatidagi oʻrni bilan tanishdilar.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati