Yakkasaroy tumanida maktab bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov, tuman mutasaddi rahbarlari, taʼlim sohasi vakillari hamda bitiruvchilar ishtirok etdi.
Uchrashuvda yoshlarning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi, mehnat bozorida munosib oʻrin topishi, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar haqida soʻz yuritildi. Maktabni tamomlash har bir yosh hayotida muhim bosqich boʻlib, bu davr ularning mustaqil hayotga qadam qoʻyishi va kelajakdagi kasbiy yoʻlini belgilashida alohida ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Eldor Tulyakov oʻz chiqishida Prezidentimiz tomonidan bitiruvchilarga yoʻllangan tabrikdagi fikrlarga toʻxtalib, “Bugungi bitiruvchi — Uchinchi Renessans bunyodkori. Sizlar Yangi Oʻzbekistonning eng katta ishonchi va tayanchisiz”, degan soʻzlar yoshlarga boʻlgan yuksak ishonch va eʼtiborning ifodasi ekanini qayd etdi.
Taʼkidlanganidek, har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangani yoshlar siyosatiga qaratilayotgan eʼtiborning amaliy namunasi hisoblanadi. Bu tashabbus yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning taklif va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, taʼlim, bandlik va tadbirkorlik sohalaridagi imkoniyatlardan samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Tadbirda bugungi tez oʻzgarayotgan davrda yoshlar zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalar, xorijiy tillar, raqamli savodxonlik hamda kasbiy mahoratga ega boʻlishi zarurligi yana bir bor eslatib oʻtildi. Kitob mutolaasi, mustaqil fikrlash va doimiy oʻrganish kelgusi muvaffaqiyatning muhim omili sifatida eʼtirof etildi.
Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilariga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida taʼlim va yoshlar siyosati boʻyicha belgilangan maqsadlar haqida maʼlumot berildi. Jumladan, oliy taʼlim bilan qamrovni oshirish, kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirish, yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga yoʻnaltirish kabi vazifalarning ahamiyati tushuntirildi.
Taʼkidlanganidek, strategiya doirasida 2 million nafar fuqaroni kasb-hunar, tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillarga oʻqitish, 700 ming nafar ishsiz fuqarolarning oʻqish xarajatlarini vaucher tizimi orqali qoplash hamda IT sohasida 300 ming nafar yoshni ish bilan taʼminlash vazifalari belgilangan.
Tadbir yakunida bitiruvchilarga oʻz kelajagini ongli rejalashtirish, vaqtdan unumli foydalanish, zamonaviy kasblarni egallash va mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshish boʻyicha tavsiyalar berildi. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida oʻtib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati