Joriy yilning 12-iyun kuni O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashida O‘quv, tadqiqot va tahlil markazi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamkorligida “Oʻzbekiston–2030” strategiyasi doirasida milliy taraqqiyot va rivojlanish istiqbollari mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv-seminar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini chuqurroq anglash, strategik rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini tahlil qilish hamda ishtirokchilarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Seminarda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ishtirok etib, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari, mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichidagi belgilangan vazifalar hamda strategiyani amalga oshirishning amaliy mexanizmlari yuzasidan taqdimot qildi.
Jumladan, Strategiyada belgilangan iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, hududlar salohiyatini yanada yuksaltirish, ekologik barqarorlikni mustahkamlash hamda zamonaviy va samarali davlat boshqaruvi tizimini shakllantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumot berdi.
Shuningdek, ma’ruzada mamlakatimizda erishilgan natijalar hamda istiqboldagi yangi vazifalardan kelib chiqqan holda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilgani, aholi fikr-mulohazalari asosida yangilangani alohida ta’kidlandi. Yurtimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor ushbu hujjatda belgilangan yangi maqsad va vazifalar, ularning amalga oshirilish mexanizmlari hamda bu jarayonda siyosiy partiyalar va deputatlarning o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Qayd etilganidek, 2023-yilda qabul qilingan strategiyani takomillashtirish va yangilashga bir qator omillar sabab bo‘lgan. Xususan, ayrim iqtisodiy ko‘rsatkichlarga belgilangan muddatdan oldin erishilgani, aholi sonining jadal o‘sishi natijasida mavjud vazifa va maqsadlarni qayta ko‘rib chiqish hamda yangi marralarni belgilash zarurati yuzaga kelgan.
Misol tariqasida, avval yalpi ichki mahsulot hajmini 2030-yilga qadar 160 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan bo‘lsa, bugungi iqtisodiy o‘sish sur’atlari ushbu ko‘rsatkichga kutilganidan oldinroq erishish imkonini bermoqda. Shu bois yangilangan strategiyada YIM hajmini 240 milliard dollarga yetkazish maqsadi belgilangan.
Tadbir davomida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va uning barcha darajadagi deputatlari yangilangan strategiyaning “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish” yo‘nalishida nazarda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash va parlament nazoratini kuchaytirishda faol ishtirok etishi lozimligi ta’kidlandi. Chunki ushbu yo‘nalishdagi vazifalarning aksariyati partiyaning dasturiy maqsad va g‘oyalari bilan hamohangdir.
Xususan, maktabgacha ta’lim qamrovini 80 foizdan oshirish, kitobxon yoshlar ulushini 50 foizga yetkazish, xorijiy sayyohlar sonini 20 million nafarga olib chiqish hamda 112 ta madaniy meros obyektini asrash va tiklash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish rejalashtirilayotgani qayd etildi.
Shuningdek, yangi davr taraqqiyot modelining asosiy tamoyillari, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, xususiy sektor ulushini kengaytirish, innovatsion rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini takomillashtirish kabi masalalar yuzasidan tahliliy mulohazalar bildirildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, Strategiyaning joylardagi ijrosi, hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqboldagi vazifalar yuzasidan ekspertning fikr-mulohazalarini tingladilar.
O‘quv-seminarda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatni har tomonlama rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish va Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevorini yaratishga qaratilgan muhim dasturiy hujjat ekani alohida ta’kidlandi. Tadbir davomida ishtirokchilar strategik islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning amalga oshirilish mexanizmlari hamda kutilayotgan natijalar yuzasidan kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lib, mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va tasavvurlarini yanada boyitdilar.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati