“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oʻrganish maqsadida Jizzax viloyatida oʻtkazilgan jamoatchilik monitoringlari doirasida hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, yangi tashabbuslar va amaliy loyihalar natijalari bilan tanishildi.
Tashrif doirasida aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy obyektlar, xotin-qizlar bandligini taʼminlash va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, iqtisodiyotimiz uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi sohasidagi jarayonlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Monitoring jarayonlarida Jizzax viloyati hokimligi, vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari, mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.
Oʻrganishlar davomida yaqinda foydalanishga topshirilgan Jizzax tibbiyot klasterida bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy tibbiy uskunalar va koʻrsatilayotgan xizmatlar koʻzdan kechirilib, u yerda davolanayotgan aholi bilan suhbatlashildi.
Aytish kerakki, zamonaviy tibbiyot muassasalarini barpo etishdan asosiy maqsad — aholiga sifatli va malakali tibbiy xizmatni oʻz hududida, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz olish imkoniyatini yaratishdir. Shu nuqtai nazardan, yangi shifoxonadagi sharoitlar inson qadri va manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan islohotlarning hududdagi amaliy ifodasidir.
Shuningdek, Markaz vakillari Jizzax shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasiga qarashli Qadriyatlar maskanida boʻlib, xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga oʻrgatish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda barqaror daromad manbalariga ega boʻlishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishdi.
Xotin-qizlarning jamiyat va iqtisodiyotdagi faol ishtirokini kengaytirish nafaqat oilalar farovonligini oshiradi, balki hududlarning ijtimoiy barqarorligi va iqtisodiy rivojlanishiga ham xizmat qiladi.
Bu borada huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, muammolarni sodir boʻlganidan keyin bartaraf etish emas, balki ularning sabab va shart-sharoitlarini oldindan aniqlashga qaratilgan manzilli ishlar natijadorligiga ham eʼtibor qaratildi.
Tashrifning yana bir muhim yoʻnalishi qishloq xoʻjaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, hosilni oʻz vaqtida va sifatli yigʻib olish hamda resurslardan samarali foydalanish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan bogʻliq boʻldi.
Monitoring ishtirokchilari Jizzax viloyatining Doʻstlik tumanida tashkil etilgan Gʻalla shtabi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Bu yerda gʻalla oʻrim-yigʻim jarayonlarini muvofiqlashtirish, zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish, hosilni yoʻqotishlarsiz yigʻib olish hamda ishlarni tizimli tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotgani qayd etildi.
Qishloq xoʻjaligida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish natijasida mehnat unumdorligi ortib, vaqt va resurslar tejalmoqda. Bu esa nafaqat sohaning iqtisodiy samaradorligini oshirishga, balki dehqon va fermerlar mehnatining natijadorligini taʼminlashga ham xizmat qilmoqda. Eng muhimi, har bir jarayonning aniq hisob-kitob va natijaga yoʻnaltirilgan tarzda tashkil etilishi sohada yangi boshqaruv madaniyati shakllanayotganidan dalolat beradi.
Jizzax viloyatida oʻrganilgan ijtimoiy va iqtisodiy loyihalar aholi turmush sifatini yaxshilash, bandlikni taʼminlash, tibbiy xizmatlar qamrovini kengaytirish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda qishloq xoʻjaligi samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar izchil va oʻzaro uygʻunlikda kechayotganini namoyon etdi. Bu kabi tashabbuslar inson qadrini ulugʻlash va hududlarni barqaror rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatining joylardagi amaliy natijalarini aks ettirmoqda.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmat