2026-yil 18-iyun kuni Anqara shahrida oʻtkazilgan “Markaziy Osiyo — Turkiya: oʻzgaruvchan dunyoda mushtarak kelajak” mavzusida xalqaro ekspertlik forumida Oʻzbekiston delegatsiyasi, jumladan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ishtirok etdi.
Forum Oʻzbekistonning Xalqaro Markaziy Osiyo instituti, Turkiyaning SETA jamgʻarmasi hamda Hasan Kalyonju universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondan davlat idoralari, diplomatik korpus, yetakchi tahlil markazlari, akademik doiralar va ekspertlar hamjamiyati vakillari qatnashdi.
Forumning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo davlatlari va Turkiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning bugungi holati, istiqbollari va ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qilish, shuningdek, iqtisodiyot, investitsiya, transport-logistika, energetika, texnologiyalar, taʼlim va inson kapitali sohalarida amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat boʻldi.
Tadbirning ochilish qismida SETA jamgʻarmasi Bosh koordinatori professor Nebi Mish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari — Xalqaro Markaziy Osiyo instituti direktori Javlon Vaxabov, Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ilhom Haydarov hamda Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Elchisi professor Ufuk Ulutash soʻzga chiqdi.
Forum doirasida toʻrtta tematik sessiya tashkil etildi. Ularda iqtisodiy sheriklik va investitsiyalar, texnologiyalar, toza energetika va muhim minerallar, infratuzilma va transport bogʻliqligi, shuningdek, inson kapitali, madaniyat va taʼlim sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
“Iqtisodiy sheriklik va investitsiyalar: savdo, investitsiya va korporativ hamkorlikni kengaytirish” mavzusidagi birinchi panel sessiyasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov maʼruza qildi.
Markaz rahbari oʻz maʼruzasida Oʻzbekiston va Turkiya munosabatlari bugun sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilganini taʼkidladi. Uning qayd etishicha, ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik savdo, investitsiya, energetika, sanoat, qurilish, qishloq xoʻjaligi, logistika, turizm, raqamli texnologiyalar va toʻgʻridan-toʻgʻri korporativ aloqalarni qamrab olmoqda.
Taʼkidlanganidek, 2017–2025-yillarda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi oʻzaro savdo hajmi qariyb ikki barobarga oʻsib, 2025-yilda 3 milliard AQSH dollariga yetgan. Shu bilan birga, ikki davlat rahbarlari tomonidan oʻzaro savdo hajmini 5 milliard AQSH dollariga yetkazish maqsadi belgilangan.
Eldor Tulyakovning qayd etishicha, ushbu maqsadga erishish uchun hamkorlikni oddiy “xaridor — sotuvchi” munosabatlaridan qoʻshma ishlab chiqarish, texnologiyalar transferi, integratsiyalashgan qiymat zanjirlari va uchinchi mamlakatlar bozorlariga birgalikda chiqish modeliga oʻtkazish zarur.
Maʼruzada “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida mamlakatimiz 2030-yilga qadar oltindan tashqari eksport hajmini har yili kamida 15 foizga oshirish, eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ulushini 70 foizga yetkazishni maqsad qilgani alohida qayd etildi.
Shu munosabat bilan Turkiyaning toʻqimachilik, maishiy texnika, avtomobilsozlik komponentlari, mashinasozlik, qurilish materiallari, kimyo, farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatidagi tajribasi Oʻzbekiston uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Eldor Tulyakov eksportbop iqtisodiyot bir nechta yirik kompaniyalar bilan cheklanib qolmasligi, balki minglab kichik va oʻrta korxonalar, hududiy ishlab chiqaruvchilar, agrar sektor va xizmat koʻrsatish subyektlari ishtirokini talab etishini qayd etdi. Shu maqsadda Oʻzbekiston va Turkiya kompaniyalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri B2B aloqalarni kengaytirish, raqamli sanoat kooperatsiyasi platformalarini yoʻlga qoʻyish, qoʻshma laboratoriyalar, sertifikatlash markazlari va texnik oʻquv dasturlarini tashkil etish taklif etildi.
Markaz rahbari import siyosatiga strategik yondashuv muhimligini taʼkidlab, importni cheklash emas, balki texnologiyalar, uskunalar va xizmatlar orqali mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish vositasiga aylantirish zarurligini qayd etdi. Shuningdek, sanoatda yuqori qoʻshilgan qiymat yaratish, toʻqimachilik, farmatsevtika, agrosanoat, energetika va raqamli xizmatlar sohalarida qoʻshma loyihalarni kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.
Maʼruzada urbanizatsiya jarayonlari, qurilish va infratuzilmani rivojlantirishda Turkiya tajribasidan foydalanish, shuningdek, turizm, taʼlim, tibbiyot, moliya, fintex va kiberxavfsizlik kabi xizmatlar sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shu bilan birga, Transkaspiy va Oʻrta koridor yoʻnalishlarining strategik ahamiyati qayd etilib, transport-logistika tizimini raqamlashtirish va bojxona jarayonlarini soddalashtirish zarurligi taʼkidlandi.
Maʼruza yakunida Eldor Tulyakov Oʻzbekiston — Turkiya iqtisodiy hamkorligini yanada chuqurlashtirish boʻyicha beshta amaliy ustuvor yoʻnalishni ilgari surdi. Ular qatorida aniq qiymat zanjirlari va loyihalarni qamrab olgan tarmoqlar kesimidagi sanoat yoʻl xaritalarini ishlab chiqish, yuqori qoʻshilgan qiymatli ishlab chiqarish va eksport boʻyicha qoʻshma dasturni yoʻlga qoʻyish, kichik va oʻrta biznes oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, logistika, qurilish va urbanizatsiya boʻyicha qoʻshma kun tartibini shakllantirish hamda zamonaviy xizmatlar sohasida keng qamrovli sheriklikni rivojlantirish taklif etildi.
Forum yakunida ishtirokchilar Markaziy Osiyo va Turkiya oʻrtasidagi munosabatlar bugun anʼanaviy davlatlararo muloqot doirasidan chiqib, chuqur tahliliy yondashuv, strategik prognozlash va doimiy ekspertlik qoʻllab-quvvatlashni talab etayotganini taʼkidladilar.
Tadbir davomida bildirilgan takliflar va ekspertlik xulosalari kelgusida Markaziy Osiyo — Turkiya muloqoti doirasida amaliy tashabbuslar, qoʻshma tadqiqotlar va siyosiy tavsiyalar ishlab chiqish uchun muhim asos boʻlib xizmat qilishi qayd etildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati