Anqara shahrida oʻtkazilgan “Markaziy Osiyo — Turkiya: oʻzgaruvchan dunyoda mushtarak kelajak” forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari — Xalqaro Markaziy Osiyo instituti direktori Javlon Vaxabov boshchiligidagi delegatsiyaning Turkiyaning SETA jamgʻarmasi Bosh koordinatori professor Nebi Mish bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Turkiya tahlil markazlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, qoʻshma tadqiqotlar, ekspertlik muloqotlari va amaliy tashabbuslarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Markaziy Osiyo va Turkiya oʻrtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashda tahlil markazlari, ilmiy-ekspert doiralar va akademik institutlar oʻrtasidagi doimiy muloqot muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar.
Uchrashuv yakunida oʻzaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish, qoʻshma tadbirlar va ekspertlik almashinuvini kengaytirishga kelishib olindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati