Anqara shahrida Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari ORSAM — Yaqin Sharq tadqiqotlari markazi prezidenti professor Kadir Temiz bilan uchrashdi.
Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Turkiya tahlil markazlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, mintaqaviy jarayonlar boʻyicha qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish, ekspertlik muloqotlarini rivojlantirish hamda ilmiy-amaliy tadbirlarni birgalikda tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar keyingi yillarda Oʻzbekistonning ochiq va pragmatik tashqi siyosati mamlakatning Markaziy Osiyo, Turkiya va Yaqin Sharq davlatlari bilan aloqalarini sezilarli darajada faollashtirganini taʼkidladilar. Bu esa mintaqada kechayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni chuqur tahlil qilish, yangi imkoniyatlar va tendensiyalarni oʻrganishga boʻlgan ehtiyojni yanada oshirmoqda.
Uchrashuvda Yaqin Sharq boʻyicha tahliliy materiallar, ekspertlik xulosalari va amaliy tavsiyalar Oʻzbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan, ORSAMning boy ilmiy-tahliliy tajribasi va mintaqaviy ekspertlik salohiyati ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam asos boʻlishi mumkinligi taʼkidlandi.
Shuningdek, qoʻshma tadqiqotlar tayyorlash, davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish, tahliliy nashrlar chop etish hamda ekspertlar almashinuvini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot yakunida Markaziy Osiyo, Turkiya, Yaqin Sharq va keng Yevroosiyo makonidagi geosiyosiy jarayonlarni birgalikda tahlil qilish, oʻzaro manfaatli aloqalarni izchil davom ettirish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati