2026-yil 23-iyun kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Pokiston Islom Respublikasi Milliy mudofaa universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda delegatsiya aʼzolari uchun yangilangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi boʻyicha taqdimot oʻtkazilib, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov mehmonlarni strategiyaning ustuvor yoʻnalishlari doirasida belgilangan eng muhim vazifalar va maqsadli koʻrsatkichlar bilan tanishtirdi.
Xususan, iqtisodiyotning barqaror oʻsishini taʼminlash, aholi farovonligini oshirish, taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimlarini takomillashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil” iqtisodiyot tamoyillarini keng joriy etish, davlat boshqaruvini yanada samarali tashkil etish hamda qonun ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan islohotlar haqida soʻz yuritildi.
Shu bilan birga, tashqi siyosat sohasida mamlakat manfaatlariga asoslangan ochiq va pragmatik yondashuv, Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro sheriklar bilan aloqalarni kengaytirish, transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirish, milliy xavfsizlikni taʼminlash hamda Qurolli Kuchlar salohiyatini oshirish boʻyicha belgilangan vazifalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Taqdimot davomida “Taraqqiyot strategiyasi” markazining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini taʼminlash, amalga oshirilayotgan islohotlarni monitoring qilish va ularning samaradorligini baholash borasidagi faoliyati ham maʼlumot berildi.
Tadbir yakunida tomonlar Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlari turli sohalarda mustahkamlanib borayotganini qayd etdilar. Delegatsiya aʼzolari “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatning kelgusi rivojlanish yoʻnalishlarini belgilab beruvchi muhim hujjat ekanini taʼkidlab, unda aks etgan maqsad va vazifalarning ahamiyatiga yuqori baho berdilar.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati