“Taraqqiyot strategiyasi” markazida 2026-yilning 8-iyul kuni Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi huzuridagi Shanxay akademiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov, Markazning masʼul xodimlari hamda Shanxay akademiyasining Ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish boʻyicha direktori Nyan Men rahbarligidagi delegatsiya aʼzolari ishtirok etdi.
Muloqot davomida xitoylik hamkorlarga yangilangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazining asosiy vazifalari va faoliyati haqida maʼlumot taqdim etildi. Shuningdek, ekspert-tahliliy va ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbirning muhim natijasi sifatida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi huzuridagi Shanxay akademiyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum ilmiy-tadqiqot va akademik sohalarda hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma tadqiqotlarni amalga oshirish, ekspertlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, xalqaro konferensiya va davra suhbatlarini tashkil etish, shuningdek, mutaxassislar ishtirokida tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazarda tutadi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov imzolangan Memorandum doirasida amaliy va oʻzaro manfaatli tashabbuslarni roʻyobga chiqarish boʻyicha Markaz hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi hamda tomonlar kelgusida qator qoʻshma tadqiqotlar va xalqaro tadbirlarni tashkil etish yuzasidan kelishib oldilar.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati