2026-yil 16-iyul kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Institut direktori Sun Zhuangzhi boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasini “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Markaz faoliyati, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yangilangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, ustuvor yo‘nalishlari va uni amalga oshirish mexanizmlari haqida xabardor qildi.
Shuningdek, muloqot davomida 2019-yil 20-iyunda ikki tahliliy markaz o‘rtasida imzolangan o’zaro anglashuv memorandumi doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘yish hamda ekspertlar almashinuvini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar uchrashuv yakunida strategik tadqiqotlar yo‘nalishidagi hamkorlikni izchil davom ettirish, o‘zaro tajriba almashish, ilmiy muloqotni yanada faollashtirish hamda xalqaro tadbirlarni birgalikda tashkil qilish, jumladan, kelgusida Markaz tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy mazmun-mohiyatini xitoy tiliga tarjima qilinib nashrga tayyorlangan to’plamini Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo tadqiqotlari institutida taqdimotini tashkil qilish va keng jamoatchilikka yetkazish masalalarida kelishib oldilar.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati