“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Fargʻona viloyatida “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan sanoatni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, eksport hajmini oshirish va yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha vazifalar ijrosi oʻrganildi.
Xususan, Strategiyada 2030-yilga qadar toʻqimachilikda ip-kalavani qayta ishlash darajasini 100 foizga, yengil sanoat eksportida yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ulushini 65 foizga yetkazish hamda sanoatda 1,8 million yuqori daromadli ish oʻrni yaratish vazifalari belgilangan.
Shu nuqtayi nazardan, Markaz ijrochi direktori Eldor Tulyakov Margʻilon shahridagi “Navroʻz” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hamda Qoʻshtepa tumanida joylashgan “Innovative Apparel” MCHJ faoliyati bilan tanishdi.
Jarayonda xorijiy investitsiya ishtirokida amalga oshirilayotgan, qiymati 15 million AQSH dollari boʻlgan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi koʻzdan kechirildi. Loyiha doirasida yiliga 15 million dona trikotaj mahsuloti ishlab chiqarish, 2 mingta doimiy ish oʻrni yaratish hamda mahsulotlarni toʻliq eksportga yoʻnaltirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, “Navroʻz” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida umumiy qiymati 61,9 milliard soʻmlik 21 ta loyiha toʻliq ishga tushirilgan. Natijada 456 ta ish oʻrni yaratilgan boʻlib, joriy yilning birinchi yarmida 23 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan va 586,7 ming AQSH dollarlik eksport amalga oshirilgan.
Monitoring davomida hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari samaradorligini yanada oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish, yangi ish oʻrinlari yaratish hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini kuchaytirish boʻyicha tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati