“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida inson kapitalini rivojlantirish, oliy ta’lim sifatini oshirish hamda sog‘liqni saqlash tizimini malakali kadrlar bilan ta’minlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.
Strategiyaga muvofiq, 2030-yilga qadar yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga, bir yil ichida doimiy ish bilan ta’minlangan bitiruvchilar ulushini 65 foizga, ish beruvchilar tomonidan ijobiy baholangan bitiruvchilar ulushini 70 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari sonini 200 taga, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini esa 70 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Ushbu maqsadlarga erishishda nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, xususiy investitsiyalarni keng jalb etish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Farg‘ona shahridagi Central Asian Medical University (CAMU) faoliyati bilan tanishdi.
Monitoring davomida universitetda tibbiyot sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlash, ta’lim jarayoniga ilg‘or yondashuvlarni joriy etish, ilm-fan va klinik amaliyot integratsiyasini kuchaytirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish borasida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
Shuningdek, universitetning xalqaro hamkorlik aloqalari, xalqaro akkreditatsiya jarayonlari hamda Jahon tibbiyot maktablari katalogi (WDOMS) ro‘yxatidan o‘rin olgani oliy ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish yo‘lidagi muhim omillardan biri ekani qayd etildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati