“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Namangan viloyatida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarning hududlarda qay darajada amalga oshirilayotganini oʻrganishga qaratilgan monitoring olib borilmoqda.
17–21-avgust kunlari oʻtkazilayotgan tadbirlar doirasida “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturida belgilangan vazifalar, shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning ijrosi tahlil qilinmoqda.
Monitoringning muhim jihatlaridan biri — hujjatlarda belgilangan vazifalarning amaldagi natijalarini hududlardagi real holat bilan solishtirish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni shakllantirishdan iborat.
Shu maqsadda Namangan viloyati hokimligida davlat va hududiy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muloqot oʻtkazildi. Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov, viloyat hokimligi masʼullari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Muloqot davomida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mamlakat taraqqiyotidagi oʻrni, unda belgilangan ustuvor maqsadlar va ularni hududlar kesimida taʼminlash masalalariga toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, Namangan viloyati va uning hududlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlar, aholi uchun dolzarb boʻlgan masalalar, ularning yechimi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning natijadorligi yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda davlat organlari va jamoatchilik oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholi murojaatlarida koʻtarilayotgan masalalarni tizimli oʻrganish va ularning yechimi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Maʼlumot uchun, monitoring tadbirlari doirasida Namangan viloyatining tuman va shaharlarida ham oʻrganishlar olib borilib, hududlarda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi, aholi uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammolar oʻrganiladi.
Oʻrganishlar davomida aniqlangan holatlar va mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish hamda hududlarda belgilangan vazifalar ijrosini yanada samarali tashkil etish boʻyicha tegishli takliflar shakllantiriladi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati