• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

NAMANGANDA ISLOHOTLARNING AHOLI HAYOTIDAGI AMALIY NATIJALARI OʻRGANILDI

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 19-21-avgust kunlari Namangan viloyatida Davlat dasturida belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosi oʻrganildi.

Jumladan, Namangan shahri, Davlatobod, Chortoq va Namangan tumanlaridagi koʻp tarmoqli va oilaviy poliklinikalar, xotin-qizlar bandligini taʼminlash markazlari, oliy taʼlim muassasalari, transport xizmati obyektlari, suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan tajriba maydonchalari hamda mahalla fuqarolar yigʻinlarida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda koʻrib chiqildi.

Oʻrganishlar davomida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi, ularni amalga oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda koʻrilayotgan amaliy chora-tadbirlarning samaradorligiga eʼtibor qaratildi.

Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan ishlar aholi uchun qulayliklar yaratish, xizmatlar sifatini oshirish, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash, transport va kommunal xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan samarali va tejamkor foydalanishga qaratilgan amaliy natijalar nuqtai nazaridan tahlil qilindi.

Joylarda masʼul tashkilotlar va mahalla faollari bilan suhbatlar oʻtkazilib, belgilangan vazifalarning bajarilishi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar muhokama qilindi. Shuningdek, aholi bilan muloqotlar davomida fuqarolarning davlat dasturlari doirasidagi islohotlardan xabardorligi va ularning kundalik hayotiga taʼsiri yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.

Umuman, monitoring jarayonida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va Davlat dasturi doirasida belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosi, koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi, ularning aholi turmush darajasi va farovonligiga taʼsiriga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati