2026-yil 25-avgust kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Yaponiya tashqi savdo tashkiloti (JETRO)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bosh direktori Yuta Ichinose bilan uchrashdi.
Muloqot davomida ikki tashkilotning asosiy faoliyat yoʻnalishlari va oʻzaro manfaatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Markaz faoliyati, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni ekspert-tahliliy jihatdan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari hamda yangilangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari haqida maʼlumot berdi.
Oʻz navbatida, Yuta Ichinose JETROning Yaponiya va xorijiy davlatlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish, yapon kompaniyalarining xorijiy bozorlarga chiqishiga koʻmaklashish hamda yaponiyalik investorlarni Oʻzbekistonda hamkorlik qilish imkoniyatlari haqida xabardor etish borasidagi faoliyati bilan tanishtirdi.
Shu nuqtai nazardan, tomonlar Oʻzbekistonning iqtisodiy salohiyatini xalqaro maydonda keng targʻib qilish, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda tomonlar amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, oʻzaro manfaatli ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, xalqaro ekspertlik tadbirlarini tashkil etish, jumladan, Yaponiya biznes vakillari uchun Oʻzbekistondagi imkoniyatlar haqida doimiy taqdimotlar oʻtkazib borish boʻyicha kelishib oldilar.
Bu borada qoʻshma tadqiqotlar, ekspertlar ishtirokidagi tadbirlar va Oʻzbekistondagi istiqbolli yoʻnalishlarga bagʻishlangan taqdimotlarni muntazam tashkil etish orqali hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish koʻzda tutilmoqda.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati