Varshava universitetida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston islohotlari va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
Tadbir Oʻzbekistonning Polshadagi elchixonasi tashabbusi doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Varshava universitetining Siyosiy fanlar va xalqaro tadqiqotlar fakulteti, Aleksandr Kvasnevskiyning “Amicus Europae” jamgʻarmasi hamda “Perspektywy” taʼlim jamgʻarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Konferensiyada Polsha Respublikasining sobiq Prezidenti Aleksandr Kvasnevskiy, Polsha Senati Vitse-marshali Mixal Tomash Kaminskiy, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari Rahimjon Hakimov, Oʻzbekiston Respublikasining Polshadagi elchisi Amirsaid Agzamxodjayev, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov, Varshava universiteti prorektori Matsey Ras, shuningdek, davlat organlari, parlamentlar, diplomatik korpus, ekspert va akademik doiralar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Anjumanda Yangi Oʻzbekistonni barpo etish doirasida amalga oshirilayotgan siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, ularning amaliy natijalari hamda mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari Rahimjon Hakimov soʻnggi oʻn yillikdagi islohotlar jamiyat, iqtisodiyot va davlat boshqaruvida chuqur oʻzgarishlarga olib kelganini taʼkidladi. Xususan, majburiy va bolalar mehnatiga barham berilgani, valyuta konvertatsiyasi boʻyicha cheklovlar olib tashlangani, propiska tizimi bekor qilingani, parlamentning roli va nazorat vakolatlari kuchaytirilgani qayd etildi. Shuningdek, mahalliy darajada ijro va vakillik hokimiyati oʻrtasidagi boʻlinish mustahkamlanib, hokimlarning 33 ta vakolati mahalliy Kengashlarga oʻtkazilgani taʼkidlandi.
Konferensiyada 2023-yilgi konstitutsiyaviy islohotlarga ham alohida eʼtibor qaratildi. Konstitutsiyaviy islohot jarayonida fuqarolardan 220 mingdan ortiq taklif kelib tushgani, yangi tahrirdagi Konstitutsiya matnining 65 foizi jamoatchilik takliflari asosida yangilangani qayd etildi.
Iqtisodiy islohotlar muhokamasida mamlakat iqtisodiyotini yanada ochiq va raqobatbardosh qilishga qaratilgan valyuta, soliq, bojxona va investitsiya sohalaridagi oʻzgarishlar natijalariga eʼtibor qaratildi. Tadbirda keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, xorijiy investitsiyalar hajmi yiliga 40–50 milliard AQSH dollariga yetgan, Oʻzbekistonning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi koʻrsatkichi esa 80 pogʻonaga yaxshilangan.
Ijtimoiy sohada ham muhim natijalar qayd etildi. Jumladan, kambagʻallik darajasi 2017-yildagi qariyb 35 foizdan 4 foizgacha qisqargan. Maktabgacha taʼlim qamrovi 78 foizga, oliy taʼlim qamrovi esa 2016-yildagi 9 foizdan 42 foizdan ortiq darajaga yetgani taʼkidlandi.
“OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI POLYAK TILIDA TAQDIM ETILDI
Konferensiyaning markaziy mavzularidan biri “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakat mustaqilligining 35-yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida belgilangan ustuvor vazifalar boʻldi.
Tadbir doirasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining polyak tilidagi nashri ishtirokchilarga taqdim etildi. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov oʻz maʼruzasida strategiyaning asosiy yoʻnalishlari, uni amalga oshirishdan koʻzlangan maqsadlar va istiqboldagi ustuvor natijalarga toʻxtalib oʻtdi. Qayd etilganidek, strategiya inson kapitali, taʼlim va sogʻlom turmush tarzini rivojlantirish, iqtisodiyotni yuqori texnologiyalar va mehnat unumdorligi asosida transformatsiya qilish, suv va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sud mustaqilligi hamda qonun ustuvorligini kuchaytirish kabi ustuvor yoʻnalishlarni qamrab oladi.
Strategiya doirasida kelgusi oʻn yillikda iqtisodiyotga 450 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish, 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 300 milliard dollarga, aholi jon boshiga YAIMni esa 10 ming dollardan ortiq darajaga yetkazish kabi strategik maqsadlar belgilangan.
ALEKSANDR KVASNEVSKIY: “OʻZBEKISTON KENG KOʻLAMLI TRANSFORMATSIYA JARAYONINI BOSHDAN KECHIRMOQDA”
Polsha Respublikasining sobiq Prezidenti Aleksandr Kvasnevskiy Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlarga toʻxtalib, mamlakatda iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional modernizatsiyaning keng qamrovli jarayoni kechayotganini taʼkidladi. Uning fikricha, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi ushbu transformatsiya uchun uzoq muddatli asos yaratib, yanada farovon, raqobatbardosh va zamonaviy davlat barpo etishga qaratilgan.
Shuningdek, Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo markazida, asosiy transport va savdo yoʻllari chorrahasida joylashgani mamlakatning Yevropa, Markaziy Osiyo va Osiyoni bogʻlovchi muhim boʻgʻinga aylanishi uchun katta imkoniyat yaratishi qayd etildi.
POLSHA PARLAMENTARIYLARINING OʻZBEKISTONGA QIZIQISHI ORTMOQDA
Polsha Senati Vitse-marshali Mixal Tomash Kaminskiy soʻnggi yillarda Polsha parlamenti aʼzolarining Oʻzbekistonga, uning xalqaro ahamiyati va siyosiy pozitsiyasiga qiziqishi ortib borayotganini taʼkidladi. U Oʻzbekistonning Polsha uchun ahamiyatini bir qator yoʻnalishlarda qayd etib, mamlakatning Markaziy Osiyodagi oʻrni, tarixiy va madaniy merosi hamda turkiy dunyodagi ahamiyatiga eʼtibor qaratdi.
Shuningdek, u yaqinda Oʻzbekistonda barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifi katta taassurot qoldirganini bildirib, uni mamlakatning boy tarixiy va maʼnaviy merosini namoyon etuvchi muhim ilmiy-maʼrifiy maskan sifatida eʼtirof etdi.
Konferensiya yakunida Oʻzbekiston va Polsha oʻrtasidagi siyosiy, parlamentlararo, akademik va ekspertlik muloqotini yanada rivojlantirish, ilmiy va ekspert doiralari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan ochiq muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Anjuman ikki mamlakat ekspertlari, parlament va akademik doiralari oʻrtasidagi muloqotni kengaytirish, shuningdek, Yangi Oʻzbekistondagi islohotlar va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini xalqaro jamoatchilikka yetkazish uchun muhim platforma boʻlib xizmat qildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati