2026-yilning 5-6-oktyabr kunlari Hindiston poytaxti Nyu-Dehli shahrida Markaziy Osiyo xalqaro instituti va “Observer Research Foundation” tahlil markazi hamkorligida “Markaziy Osiyo – Hindiston” tahlil markazlarining birinchi forumi boʻlib oʻtdi.
Forumda Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlarining diplomatik korpusi vakillari, yetakchi tahlil markazlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda akademik hamjamiyat vakillari ishtirok etdi.
Tadbirning “Iqtisodiy sheriklikni kengaytirish: savdo-investitsiya aloqalari va ishbilarmonlik hamkorligi” mavzusiga bagʻishlangan birinchi sessiyasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Farrux Xakimov maʼruza bilan ishtirok etdi.
F.Xakimov maʼruzada Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi ikki va koʻp tomonlama munosabatlarning rivojlanish dinamikasi, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning tobora kuchayib borayotgani hamda mintaqa davlatlarida kechayotgan samarali raqamlashtirish jarayonlari haqida soʻz yuritdi. Xususan, Markaziy Osiyo davlatlarida elektron hukumat tashabbuslarini joriy etish orqali davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish borasidagi tajriba va amaliy natijalarga eʼtibor qaratdi.
Shuningdek, maʼruzada “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yoʻnalishlari, ularning amaliy natijalari hamda Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yoritildi.
Ikki kun davom etgan forum muhokamalarida savdo-investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, raqamli texnologiyalar, yashil energetika va muhim mineral resurslar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, transport oʻzaro bogʻliqligini mustahkamlash, shuningdek, taʼlim, madaniyat va kadrlar tayyorlash sohalaridagi aloqalarni chuqurlashtirish masalalari koʻrib chiqildi.
Forum yakunlariga koʻra, Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi uzoq muddatli sheriklikni mustahkamlashda tahlil markazlari muloqotini izchil davom ettirish, qoʻshma tadqiqotlarni amalga oshirish hamda amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.
Tadbir mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish, oʻzaro manfaatli iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va dolzarb masalalar yuzasidan ekspertlar oʻrtasidagi muloqotni mustahkamlash uchun muhim maydon boʻlib xizmat qildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati