• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
Svetoforlarni töğri sozlaş, taʼmirlaş işlarini raqamli rejalaştiriş va navigatsiya maʼlumotlaridan foydalaniş mavjud yöl tarmoğidan samaraliroq foydalanişga yordam beradi.
105 | Bugun.

“Taraqqiyot strategiyasi”
markazi bölim boşliği,
Jamşid ŞARIPOV

Tirbandlik — bu faqat yöqotilgan vaqt emas

Toşkent şahrida har kuni taxminan 5,2 million kişi harakatlanadi. Şaharning 81 ta asosiy köçalarida sutkasida 770 ming avtomobil harakatlanadi, qaçonki ularning ötkaziş quvvati 400 ming avtomobilga möljallangan. Demak, avtomobillar yuklamadan 1,9 barobar ortiği bilan harakatlanmoqda. Yöl harakatini taşkil etiş markazi (YHTEM) hisob kitobiga köra, tirbandliklar tufayli şahar har yili 343 million dollar yoki yalpi hududiy mahsulotining 1,27 foizi miqdorida iqtisodiy yöqotişga uçramoqda.

Biroq bu yöqotişlarni faqat yangi yöllar quriş orqali emas, balki harakatni samarali taşkil etiş hisobiga ham qisqartiriş mumkin. Buning uçun svetoforlarni haqiqiy transport oqimlariga moslaştiriş, yöl taʼmirlaş işlarini muvofiqlaştiriş va raqamli maʼlumotlardan foydalaniş muhim. Toşkentda bu borada dastlabki natijalarga erişildi.

Infratuzilma rivojlanmoqda, biroq yuklama ham ortmoqda

Özbekiston transport sohasi yalpi içki mahsulotning qariyb 8 foizini şakllantiradi va bir millionga yaqin kişini iş bilan taʼminlaydi. Sönggi yillarda mamlakat Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksida 129-örindan 88-öringa kötarildi. 2025-yilda tranzit yuk taşiş hajmi 15,3 million tonnaga yetdi, 2030-yilgaça esa uni 18,5 million tonnaga yetkaziş maqsad qilingan.

Şu bilan birga, yirik infratuzilma loyihalari ham amalga oşirilmoqda. Jahon banki M41 avtomobil yölining 91 kilometrini rekonstruksiya qiliş uçun 200 million dollar ajratişni maʼqulladi. Natijada uşbu yölda örtaça harakat tezligi soatiga 65 kilometrdan taxminan 90 kilometrgaça oşişi kutilmoqda. Şuningdek, uzunligi 282 kilometr bölgan, olti polosali Toşkent — Samarqand pullik avtomagistrali qurilmoqda.

Biroq yöl tarmoğini rivojlantiriş mavjud infratuzilmadan foydalaniş samaradorligini oşiriş bilan birga olib borilişi kerak. Jahon banki bahosiga köra, prognoz qilinayotgan yuk oqimini qabul qiliş uçun 2030-yilgaça Özbekiston avtomobil yöllarining ötkaziş qobiliyatini taxminan 500 foizga oşiriş talab etiladi. Bu esa infratuzilmaga investitsiyalarning zamonaviy harakat boşqaruvi bilan uyğunlaştirilişi lozimligini körsatadi.

Haqiqiy transport oqimini hisobga oladigan svetoforlar

Muhim özgarişlardan biri Toşkent şahrida Yöl harakatini taşkil etiş markazining taşkil etilgani böldi. Prezidentning 2025-yil 4-dekabrdagi qarori bilan YHTEMga yöl harakatini raqamli boşqariş, yöl işlarini nazorat qiliş va harakat xavfsizligini oşiriş böyiça vakolatlar berildi. Markaz maʼlumotlariga köra bugungi kunda 271 ta çorrahada adaptiv svetoforlar örnatildi va poytaxtning transport makromodeli işlab çiqildi.

Svetoforlarni özaro muvofiqlaştiriş natijalari harakatni aniq sozlaş qançalik muhimligini körsatmoqda. Buyuk Ipak Yöli köçasida 13 ta svetoforni «yaşil tölqin» tamoyili asosida muvofiqlaştiriş natijasida markaz tomon harakatlaniş vaqti 29 foizga — 8,5 daqiqadan 6 daqiqagaça qisqardi. Qarama-qarşi yönalişda esa safar vaqti 20 foizga kamaydi. Kuniga taxminan 90 ming avtomobil harakatlanadigan Maxtumquli köçasida 11 ta svetoforni muvofiqlaştiriş natijasida yönalişning ötkaziş qobiliyati 12 foizga oşdi, harakat vaqti esa 10 foizga qisqardi.

Fitrat va Haydar Aliyev köçalari kesişmasida transport oqimlari tahlil qilingaç, eng köp yuklangan yönaliş uçun yaşil signal vaqti qariyb ikki barobar oşirildi. Bu navbatlarning qisqarişiga olib keldi. YHTEM maʼlumotlariga köra, 2026-yil 2-sentyabr — öquv yilining birinçi kunida transport oqimi 30 foizga oşganiga qaramay, svetofor fazalarini tezkor özgartiriş orqali tirbandlik darajasi 6 ball atrofida saqlab qolingan.

Yöllarda tirbandlikni keltirib çiqarayotgan uçta asosiy omil

Birinçi omil — yöl tarmoğining ortiqça yuklanişi. Avtomobillar soni va harakat jadalligi ayrim yöllarning ötkaziş qobiliyatidan tezroq ösmoqda, transport oqimi esa, ayniqsa, tiğiz vaqtlarda bir joyda töplanadi. Toşkent — Samarqand yölida amaldagi harakat jadalligi sutkasiga 45 ming avtomobilni taşkil etadi, hisobiy ötkaziş qobiliyati esa 32 ming avtomobil. Bu qariyb 41 foizlik ortiqça yuklamani anglatadi. Safar vaqti olti soatgaça yetişi mumkin. Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yöllarining qariyb çorak qismi yuqori yuklama bilan işlamoqda.

Ikkinçi sabab — svetofor işlaş rejimlarining transport oqimlarining amaldagi taqsimotiga mos kelmasligi. Özgarmas svetofor sikllari asosiy va ikkinçi darajali köçalardagi harakatlaniş oqimi örtasidagi katta farqni, şuningdek, yuklama kun davomida özgarişini har doim ham hisobga olmaydi. Natijada serqatnov yönalişda navbat uzayadi, kamroq yuklangan yönalişda esa yaşil signal vaqtidan töliq foydalanilmasligi mumkin. AQŞdagi qariyb 210 mingta svetofor harakatini tahlil qilgan INRIX tadqiqoti maqbul sozlanmagan svetoforlar barça harakat keçikişlarining taxminan 10 foiziga sabab bölişini baholagan.

Uçinçi omil — taʼmirlaş va muhandislik işlari bilan boğliq yöl polosalarini yopiş. AQŞ Federal avtomobil yöllari maʼmuriyati hisob-kitobiga köra, bunday işlar barça harakat keçikişlarining taxminan 10 foizini, tezyurar yöllardagi davriy bölmagan keçikişlarning esa qariyb 24 foizini keltirib çiqaradi. Bayramlardan keyin fuqarolar ommaviy qaytgan kunlarda Qamçiq dovonida köp kilometrli tirbandliklar yuzaga kelişi yoki Toşkentda Yunusobod aylanma yöli yaqinidagi muhandislik işlari jiddiy transport qiyinçiliklarini keltirib çiqargani Özbekistonda ham bu muammoning amaliy misolidir.

Yuklarning tranziti va turizm uçun nafaqat harakat tezligi, balki safar vaqtining oldindan aniqligi ham muhim. 2025-yilda Özbekistonga 11,7 million nafar xorijiy mehmon taşrif buyurgan, ularning 74 foizi Qirğiziston, Tojikiston va Qozoğistondan kelgan. Xalqaro avtomobil yöllarining işonçliligi mintaqaning transport boğliqligiga bevosita taʼsir körsatadi.

Xalqaro amaliyotda qanday yeçimlar mavjud?

AQŞning Pittsburg şahrida Surtrac adaptiv svetofor tizimini pilot tarzda joriy etilişi safar vaqtini 25,8 foizga, kutiş vaqtini 40,6 foizga, töxtaşlar sonini esa 31,3 foizga qisqartirgan. Singapurda esa svetofor sikllarini dinamik optimallaştiriş va sunʼiy intellektga asoslangan video-tahlil orqali yöldagi hodisalarni ertaroq aniqlaşni nazarda tutuvçi CRUISE tizimi joriy qilingan.

Londonda lane rental — yölning eng serqatnov uçastkalarini, jumladan, tiğiz vaqtlarda band qilganlik uçun tölov mexanizmi amal qiladi. Tölov miqdori bir sutkada 2 500 funt sterlinggaça yetişi mumkin. Bu pudratçilarni işlarni transport oqimi kamroq bölgan vaqtda bajarişga undaydi. Transport for London maʼlumotlariga köra, tiğiz vaqtdan taşqarida bajariladigan işlar uluşi taxminan 30 foizdan 92 foizgaça darajaga kötarilgan, murakkab keçikişlar esa uçdan bir qismga qisqargan.

AQŞning Indiana ştatida şartnomalar tuzişda iş qiymati bilan birga uni bajariş muddati va yöl polosalarini yopişlar soni ham hisobga olingan. Natijada I‑70 avtomagistralidagi taʼmirlaş belgilangan muddatdan 55 kun oldin yakunlangan. Şuningdek Work Zone Data Exchange (WZDx) standarti yöl işlari hududlari haqidagi raqamli maʼlumotlarni yagona formatda uzatiş, jumladan, navigatsiya xizmatlarida aks ettiriş imkonini beradi.

Niderlandiyadagi Spitsmijden tajribasi doirasida 340 nafarga yaqin haydovçiga ertalabki tiğiz vaqtda avtomobilda safar qilmaslik uçun 3–7 yevro miqdorida rağbat puli berilgan. Natijada iştirokçilar orasida tiğiz vaqtdagi safarlar soni taxminan 60 foizga kamaygan. Bu, asosan, safarlarni ertaroq yoki keçroq vaqtga köçiriş hisobiga yuz bergan.

Yöl harakatini samarali boşqariş böyiça uçta yönaliş

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi eksperti Jamşid Şaripov yöl infratuzilmasidan foydalaniş samaradorligini oşirişga qaratilgan özaro boğliq uçta yönalişni taklif etadi.

1. Harakatni boşqarişning yagona raqamli platformasi. YHTEMni adaptiv svetoforlar, videokuzatuv, navigatsiya xizmatlari, yöl işlari va transport hodisalari haqidagi maʼlumotlarni birlaştiruvçi platforma sifatida rivojlantiriş maqsadga muvofiq. Birinçi navbatda, svetofor sikllarini nafaqat Toşkent magistrallarida, balki xalqaro va respublika ahamiyatidagi yöllardagi svetofor obyektlarida ham haqiqiy transport oqimlariga moslaştiriş lozim. Bunda, ayniqsa, poytaxtga kiriş yöllari va Toşkent — Samarqand — Buxoro yönalişiga eʼtibor qaratiş zarur. Keyingi bosqiçda adaptiv boşqaruvni kengaytiriş, yetarli maʼlumotlar töplangaç esa tirbandliklarni oldindan prognoz qiladigan algoritmlarni joriy etiş mumkin.

2. Yöl işlarining yagona raqamli reyestri. Şahar, respublika va xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yöllarini qamrab oladigan yagona tizim iş muddatlarini muvofiqlaştiriş, harakat çeklovlari haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qiliş va ularni navigatsiya xizmatlariga uzatişni taʼminlaşi kerak. Tiğiz vaqtda yöl polosasini band qilganlik uçun tabaqalaştirilgan tölov, sifat va xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda işlarni muddatidan oldin tugatiş uçun rağbatlar, taʼmirlaş hududlarida navbatlarni aniqlovçi datçiklar qöşimça vosita bölişi mumkin.

3. Transport talabi va yuk oqimlarini boşqariş. Ayniqsa, yöl polosalari vaqtinça yopiladigan davrlarda avtomobildagi safarlarni tiğiz vaqtdan boşqa soatlarga köçirişni rağbatlantiriş çoralarini körib çiqiş lozim. Şuningdek, eng köp yuklangan çegara ötkaziş punktlariga yuk avtomobillarining keliş vaqtini oldindan rejalaştiriş tizimini takomillaştiriş zarur. Taşuvçilarga transport koridorlari va çegara punktlaridagi yuklama haqida dolzarb maʼlumotlar taqdim etilişi muhim.

Takliflarni amalga oşiriş uçun nimalar zarur?

Uşbu yeçimlarni amaliyotga joriy etiş uçun davlat siyosati darajasida özaro muvofiqlaştirilgan qarorlar talab etiladi. Xususan, xalqaro va respublika ahamiyatidagi avtomobil yöllariga nisbatan YHTEM vakolatlarini aniq belgilaş yoki Avtomobil yöllari qömitasi bilan birgalikda tegişli mexanizmni şakllantiriş; yöl polosalarini band qilganlik uçun tölov, çeklovlarning eng yuqori muddatlari va yöl taʼmirlaş işlari davrida harakatni taşkil etişning majburiy rejalarini normativ jihatdan mustahkamlaş zarur.

Şuningdek, şaxsga doir maʼlumotlarni himoya qiliş talablariga rioya etgan holda navigatsiya xizmatlari bilan şaxsni aniqlaş imkonini bermaydigan umumlaştirilgan maʼlumotlar almaşinuvi böyiça kelişuvlar tuziş, pilot transport koridorlari va maqsadli körsatkiçlarni belgilaş, natijalarni mustaqil baholaş mexanizmlarini joriy etiş muhim. Barqaror moliyalaştiriş uçun, jumladan, polosalarni band qilganlik uçun tölovlardan tuşadigan mablağlardan foydalaniş imkoniyatlarini ham körib çiqiş lozim.

Çoralarni bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş taklif etiladi: dastlabki olti oyda boşlanğiç körsatkiçlar bazasini şakllantiriş va pilot uçastkalarni tanlaş; keyingi 6–18 oy davomida yeçimlarni sinovdan ötkaziş va natijalarini baholaş; keyingi 18–36 oyda esa samaradorligi tasdiqlangan çoralarni kengaytiriş. Natijadorlik örnatilgan svetoforlar yoki işga tuşirilgan raqamli tizimlar soni bilan emas, balki safar vaqti va tirbandliklar davomiyligining qisqarişi, taşiş işonçliligining oşişi, yöl işlari muddatlarining kamayişi hamda halok bölganlar va jarohatlanganlar bilan boğliq YTHlar sonining pasayişi bilan baholanişi kerak.

Eng muhimi — natijani ölçaş

Xorijiy tajriba muhim yönalişlarni körsatadi, ammo tayyor yeçimni bermaydi. Masalan, Niderlandiyadagi rağbatlantiriş tajribasi samarasi rağbat puli bekor qilinganidan keyin susaygan. Xuddi şuningdek, YHTEM keltirayotgan safar vaqti qisqarişiga oid körsatkiçlar ham özgarişlardan oldingi va keyingi davrlarni qiyoslaş orqali mustaqil baholanişi lozim.

Şuning uçun eng maqbul yondaşuv — aniq ölçovlar, pilot loyihalar va ular natijalarini şaffof baholaşdan boşlaş. Toşkentdagi dastlabki misollar mavjud yöl tarmoğida samaradorlikni oşiriş imkoniyati borligini körsatmoqda. Bu zarur bölgan joylarda yangi yöllar quriş örnini bosmaydi, biroq harakatni oqilona boşqariş orqali bugunning özidayoq keçikişlarning bir qismini kamaytiriş imkonini beradi.

 


1
Похожие новости