• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

2019-YIL SARHISOBI: OLIY MAJLIS PALATALARI VA SIYOSIY PARTIYALARNING ROLI YANADA KUCHAYTIRILDI


2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha hisobot davrida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish yoʻnalishida

2019-yil 5-mart kuni “Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning masʼuliyati kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun asosida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79-, 93-, 98-moddalariga, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
 

  • Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlariga Bosh vazir oʻrinbosarlari, vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari nomzodini Bosh vazir taqdimiga binoan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlash tartibini belgilash boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi;
  • hukumat aʼzoligiga nomzodning sohani rivojlantirish boʻyicha yaqin muddatga va istiqbolga moʻljallangan harakat dasturi bilan deputatlar oldida chiqish qilish tartibi joriy etildi;
  • hukumat aʼzosining oʻz harakat dasturi ijrosini amalga oshirishiga doir masalalar yuzasidan axborotini Oliy Majlis palatalari, ularning qoʻmitalarida muntazam eshitib borish joriy etildi.


Shuningdek, viloyat, tuman va shahar davlat organlari rahbarlarini tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlash amaliyoti joriy etildi.

Qonunlarning mukammalligini taʼminlash maqsadida Oliy Majlis palatalari yuridik xizmatlari negizida Yuridik boshqarma tashkil etildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining axborotini eshitish boʻyicha “Hukumat soati”ni oʻtkazish yillik reja-jadvali tasdiqlandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlat byudjeti, iqtisodiyot, pul-kredit siyosati masalalarida, shuningdek, davlat byudjeti ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini taʼminlashda deputat va senatorlarga professional, mustaqil va xolis axborot-tahliliy, ekspertlik xizmati koʻrsatish maqsadida Davlat byudjeti boshqarmasi tashkil etildi.

Oliy Majlis faoliyatini moliyaviy, moddiy-texnik, tashkiliy jihatdan taʼminlash takomillashtirildi. Oliy Majlis palatalari qoʻmitalari huzurida ular faoliyatiga bevosita yordam beradigan kotibiyatlar tashkil etildi.

Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud huquqi masalalari qoʻmitasi negizida Senatning Sud huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tashkil etildi.

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi tashkil etildi.

2019-yil 27-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining yangi tarkibi tasdiqlandi.
 

       2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturida:

  • Davlat dasturining har bir bandi boʻyicha maqsadlarga erishishda samaradorlik indikatorlari ishlab chiqilishi;
  • Hududlardagi xalq deputatlari Kengashlari tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalari tashkil etilishi;
  • Davlat xizmatchilarini tanlab olish, tayinlash va yuqori lavozimlarga koʻtarishning shaffof tizimi shakllantirilishi;
  • Davlat xizmatchilari uchun cheklovlar, taqiqlashlar, ragʻbatlantirishlarning aniq roʻyhati belgilanishi;

2019-yil 1-iyulidan:

  • davlat organlarida yuzaga keladigan korrupsiya xavf-xatarlari majburiy baholab borilishi;
  • korrupsiya xavf-xatariga eng koʻp duch keladigan davlat xizmatchilarining roʻyxati shakllantirilishi;
  • davlat xizmatchilarining mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishi;

2019-yil 1-sentabrdan:

  • yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy taʼlim berilishi;

2019-yil 1-avgustdan:

  • Eksperement tariqasida kapital qurilish va oliy taʼlim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshirilishi  va boshqalar koʻzda tutilgan.


5 ta qonun va qator qonunosti hujjatlari unifikatsiya qilinib, yaxlit tarzda Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilindi. Saylov Kodeksiga muvofiq:

Qonunchilik palatasida deputatlik oʻrinlari uchun Oʻzbekiston ekologik harakati vakillariga kvota ajratish instituti chiqarib tashlandi;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan mahalliy Kengashlarga nomzod koʻrsatish tartibi bekor qilindi;

siyosiy partiyalarga saylovda qatnashish huquqini beruvchi imzo yigʻish jarayonida saylovchilar tomonidan bir yoki bir nechta partiyalarni qoʻllab-quvvatlab imzo qoʻyishlari mumkinligi belgilandi;

ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning saylovda ishtirok etishini cheklovchi normalar chiqarib tashlandi;

Markaziy saylov komissiyasi aʼzolarining maqomi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolariga tenglashtirildi;

Qator xalqaro tashkilotlar, xususan, YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi hamda Venetsiya komissiyasi tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar inobatga olindi.