• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

2019-YIL SARHISOBI: 204 NAFAR OLIMPIYA OʻYINLARI GʻOLIBLARI, JAHON VA OSIYO CHEMPIONLARI TUMAN VA SHAHARLARGA BIRIKTIRILDI


2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarining Jismoniy tarbiya va sport sohasida boʻyicha hisobot davrida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

  • Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish;
  • Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish;
  • Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida 19 ta sport inshootlarini qurish, 13 ta mavjud sport inshootlarini rekonstruksiya qilish, 2 ta mavjud sport inshootlarini kapital taʼmirlash;
  • Jismoniy tarbiya va sport sohasini boshqarishni elektronlashtirish;
  • Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
  • Aholini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, sport infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida respublikada bolalar-oʻsmirlar sport maktablarini tashkil etish orqali ularning tarmogʻini kengaytirish davlat dasturini ishlab chiqish;
  • Respublika miqyosida tashkil etiladigan Oʻzbekiston chempionati va Oʻzbekiston kubogi musobaqalarida doping test namunalarini olish tizimini joriy etish;
  • 2020-yil Tokio shahri (Yaponiya)da oʻtkaziladigan Olimpiya oʻyinlarida munosib tayyorgarlik koʻrish va ishtirok etish;
  • Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi “Sport” media markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish belgilandi.

Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish borasida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan sportchilarning boy hayotiy tajribasi va salohiyatidan keng foydalanish maqsadida Olimpiya oʻyinlari gʻoliblari, jahon va Osiyo chempionlari boʻlgan 204 nafar sportchilar tuman (shahar)larga biriktirildi, 92 nafar huddi shunday sportchilar sport maktablarining rahbarlik lavozimiga tayinlandi.

– Uyushmagan yoshlar, oilalar oʻrtasida jami 53 mingdan ortiq ommaviy sport musobaqalari oʻtkazildi va unda 4,2 mlndan ziyod fuqarolar qamrab olindi. Xususan, 1,3 mln dan ziyod aholi ishtirokida 16 148 ta ommaviy sport musobaqalari oʻtkazildi. 9 mingdan ortiq mahalladan 106 875 nafar yoshlar ishtirokida toʻrt bosqichli “Charm toʻp” anʼanaviy futbol musobaqasi oʻtkazildi.

– “Barkamol avlod” sport musobaqalarining 1-bosqichida, yaʼni taʼlim muassasalarining oʻzida 487 ming, tuman (shahar) bosqichida 94 ming, hududiy bosqichida 7 mingdan ortiq oʻquvchilar qamrab olindi. “Universiada” sport musobaqalarining taʼlim muassasalari bosqichida 50 ming, hududiy bosqichlarida esa, 6 mingdan ortiq talabalar qatnashdi. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari normativlari boʻyicha respublikaning barcha qatlamdagi band va mehnatga layoqatli aholisining 9,7 mln nafari jalb etilgan.

– Respublika miqyosida oʻtkazilgan 261 ta sport musobaqalarida (Oʻzbekiston chempionati – 160 ta, Oʻzbekiston kubogi – 45 ta va Oʻzbekiston turnirlari – 56 ta) 155 174 nafar sportchilar ishtirok etdi.

– Musobaqalar oʻtkazish orqali iqtidorli sportchilarni saralash va tanlash borasida ham sezilarli oʻzgarishlar amalga oshirilib, yil boshidan buyon shu vaqtga qadar oʻtkazilgan 176 ta Oʻzbekiston chempionati, kubogi va birinchiliklari musobaqalarida ishtirok etgan 145 374 nafar sportchilar orasidan iqtidorli sportchilar saralab olinmoqda.