2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishining Oliy va oʻrta maxsus taʼlim sohasida 2019-yilda quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimida belgilangan ustuvor vazifalar:
- Samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlari - KPI asosida oliy taʼlim muassasalari rahbar xodimlari faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish;
- Ikki yillik taʼlim tizimiga oʻtgan Akademik litseylarning yangi davlat taʼlim standartlarini ishlab chiqish;
- Oʻzbekiston Respublikasida milliy kvalifikatsiya ramkasi hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun Kvalifikatsiya ramkalari asosida boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim tizimi uchun taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
- Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar uzviy bogʻliqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish;
- Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini takomillashtirish;
- Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablagʻlarini keng jalb qilish orqali innovatsion faoliyat infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida 7 ta oliy taʼlim muassasalariaro ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish;
- Talaba-yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etishni oʻz ichiga olgan kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash;
- Vazirlik tizimidagi oliy taʼlim muassasalarining 31 ta bino va inshootlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital taʼmirlashishlarini amalga oshirish.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimini rivojlantirish yoʻnalishida hisobot davrida 14 ta yangi oliy taʼlim muassasalari, jumladan, 6 ta mahalliy va 8 ta xorijiy oliy taʼlim muassasalarining filiallari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, 40 ta yangi taʼlim yoʻnalishlari hamda 41 ta yangi mutaxassisliklar tashkil etildi.
Qabul parametrlari 120 518 nafarni tashkil etdi va oʻtgan yilga nisbatan 20 foizga, magistraturada qabul koʻrsatkichlari tabiiy va muhandis-texnik soha mutaxassisliklari boʻyicha toʻliq davlat granti asosida belgilandi hamda davlat granti ulushi 53,7 foizga oshirildi.
Oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyoj yuqori boʻlgan olis, chekka
va togʻli hududlarda joylashgan umumtaʼlim maktablari uchun maqsadli qabul koʻrsatkichlari belgilandi.
Bakalavr darajasini olgan shaxslarga magistraturada mos va turdosh yoʻnalishlardan tashqari boshqa mutaxassisliklar boʻyicha ham oʻqishni davom ettirish imkoniyati joriy etildi.
Respublika oliy taʼlim muassasalarida xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda 55 ta qoʻshma taʼlim dasturi doirasida yangi yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlashga kelishildi.
Samarqand davlat universitetida “Xalqaro taʼlim dasturlari” markazi tashkil etildi hamda xorijiy xamkor oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlashga kelishildi.
Bitiruvchilarga akademik darajadan tashqari tegishli taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik) boʻyicha kvalifikatsiya berish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Oliy taʼlim muassasalarida 2019/2020 oʻquv yilida 31 677 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat olib borishi rejalashtirilgan. Shundan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan 1 440 nafar, magistraturani bitirgan 1 749 nafar yosh oʻqituvchilar oliy taʼlim muassasalarida dars berishga jalb etilishi rejalashtirildi. Qoʻqon shahrida Qoʻqon universiteti faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Joriy yil 1-sentabr holatiga 29 ta obyekt boʻyicha 296,5 mlrd. soʻm (86,6 %) miqdorida moliyalashtirilib, 318,7 mlrd soʻm qurilishi-taʼmirlash (92,6%) ishlari amalga oshirilib, 16 ta obyekt foydalanishga topshirildi. Sentyabr oyida 3 ta obyekt foydalanishga topshiriladi.
9 oylik yakunlari boʻyicha jami 19 ta va toʻrtinchi chorakda esa 6 ta obyekt foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Qolgan 4 ta obyekt yildan yilga oʻtuvchi obyektlar hisoblanadi.
7 ta oliy taʼlim muassasasining 9 ta obyekti boʻyicha (2018-yildan 2019-yilga oʻtuvchi), 11 ta oliy taʼlim muassasalarining 19 ta bino va inshootlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital taʼmirlash hamda jihozlash ishlari bajarilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur obyektlarda qurilish-tiklash ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.
Jumladan:
5 ta yangi qurilish, shundan:
- 2220 oʻrinli 2 ta oʻquv korpusi;
- 1000 oʻrinli 3 ta talabalar turar joyi.
11 ta rekonstruksiya, shundan:
- 10147 oʻrinli 7 ta oʻquv binolari;
- 1470 oʻrinli 4 ta talabalar turar joyi.
12 ta kapital taʼmirlash, shundan:
- 6 ta oʻquv binolari;
- 4 ta talabalar turar joyi binolari;
- 1 ta madaniyat saroyi;
- 1 ta sport zal.