• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
Zurab Pololikashvili
27064 | 13 Mar. 2024 y.

Zurab Pololikashvili

Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi

Oʻzbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega, deb hisoblayman va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida hukumat tomonidan ushbu sohani jadal rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotganidan gʻururlanaman. Oʻzbekistonning madaniy merosi va betakror tabiati bugun hammaga yaxshi maʼlum. Biroq, oʻzbek xalqining ajoyib milliy taomlari, oʻziga xos anʼana va urf-odatlari, mehmondoʻstligi haqida ham tobora koʻproq bilishmoqda.

Soʻnggi yillardagi ajoyib natijalarni hisobga olsak, 15 million sayyohni jalb qilish maqsadiga, albatta erishish mumkin. Ushbu mamlakatga 2012-yilda xorijlik sayyohlar soni 1,9 million kishini tashkil etgan boʻlsa, pandemiyagacha bu koʻrsatkich 6,7 millionga yetdi. Respublika, shuningdek, inqirozdan yaxshi xalos boʻlganini koʻrsatdi. Oʻzbekiston 2019-yilda tashrif buyuruvchilar soni boʻyicha dunyoda 49-oʻrindan 2022-yilda 39-oʻringa koʻtarildi. 2023-yilning birinchi yarmidagi maʼlumotlar turizmning toʻliq tiklanishi va xalqaro tashrif buyuruvchilar soni boʻyicha pandemiyagacha boʻlgan darajaga qaytganini koʻrsatdi. 2023-yil sentyabr oyiga kelib turizmdan tushgan daromad 2019-yil darajasidan 30 foizdan oshib ketdi.

Hukumatning turizmni yanada rivojlantirish, uni milliy iqtisodiyotning haqiqiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish borasidagi ulkan rejalaridan yaxshi xabardorman. Men bu saʼy-harakatlarni yuksak qadrlayman va shuni taʼkidlamoqchimanki, Butunjahon sayyohlik tashkiloti bu borada Oʻzbekistonga yordam berishga tayyor. Shuningdek, men mamlakat sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish, mahalliy hamjamiyat va iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash, turizm taʼlimini rivojlantirish va bu sohada tan olingan mintaqaviy yetakchiga aylanish kabi maqsadlarga erishishiga va ulardan oshib ketishiga qatʼiy ishonaman.

Manba: “Dunyo” AA


3
Похожие новости