"ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ"
  МАРКАЗИ
"Тараққиёт Cтратегияси" маркази

TSM VA SHANXAY IJTIMOIY FANLAR AKADEMIYASI VAKILLARI BILAN HAMKORLIKNI KELGUSIDA RIVOJLANTIRISH MASALALARINI MUHOKAMA QILDILAR

Shu kunlarda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari “Bir makon, bir yo‘l: Yevroosiyoda barqarorlik va farovonlik” uchinchi Shanxay xalqaro forumida ishtirok etmoqda.

Bugun, 25-oktyabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Akmal Burxonov Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi (SHIFA) partiya komissiyasi kotibi, Yuy Sinxue hamda ShIFA huzuridagi “aql markazlari”ni o‘rganish markazi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida mamlakatlarimizning tahlil institutlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. O‘zbekistonda kechayotgan jadal islohotlar sharoitida ikki davlat axborot-tahlil institutlari va “aql markazlari”ning faol aloqalarni yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.

SHIFA partiya komissiyasi kotibi Yuy Sinxue muntazam ravishda yuqori darajadagi uchrashuv va tadbirlar tashkil qilish va sohada axborot almashish nafaqat davlatlarning axborot-tahlil sanoatini rivojlantirishga, balki O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi manfaatli munosabatlarni mustahkamlashga imkon berishini ta’kidladi.

Muzokaralar chog‘ida Xitoy tomoni ikki mamlakat “aql markazlari”ning hamkorlik formatini kengaytirish, madaniy-gumanitar munosabatlarni mustahkamlash, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Uchrashuv yakunida 2018 yilning aprel oyida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumida bayon etilgan kelishuvlarni izchil ro‘yobga chiqarishga kelishib olindi.